Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Inson Qur’on o‘qishni bilmasa, uyga shaytonlar kirmasligi uchun Baqara surasini telefondan eshitish mumkinmi va uning ta’siri bo‘ladimi? Yoki uni faqat o‘zi o‘qishi shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Telefon yoki boshqa qurilmada Baqara surasini eshittirish foydalidir. Ammo eng yaxshisi — o‘zi o‘qishni o‘rganish va shaxsan tilovat qilishdir. Qur’on o‘qishni o‘rganishga harakat qilish — Allohning kalomiga bo‘lgan hurmat va muhabbatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, dalillarning zohiriga qaraganda, Baqara surasini telefondan eshittirish ham foyda beradi, ya’ni shaytonlar bu uydan uzoq bo‘ladi. Chunki hadislarda “uyda Baqara surasi o‘qilganida” deyiladi, bu o‘qishni aynan og‘iz bilan tilovat qilishmi yoki ovoz chiqishi orqalimi — zohiriy matndan aniq ajratilmagan. Shunday ekan, hatto ovoz yozuvi (masalan, telefon yoki kassetada) orqali Baqara surasi eshittirilsa ham, bu uyning shaytonlardan himoyalanishiga sabab bo‘lishi mumkin, inshaAlloh.

Ammo shuni unutmaslik kerakki, eng afzali — o‘zi Qur’on o‘qishni o‘rganib, tilovat qilishdir. Qur’on o‘qishni bilmaslik musulmon uchun katta kamchilik hisoblanadi. Qur’on — Allohning kalomi, uni o‘qish har bir mo‘min uchun sharaf va savobdir. Qur’on o‘qishni o‘rganish katta ish emas: 28 harfni o‘rganish, harakatlarni qo‘shish, so‘ng asta-sekin tilovatga o‘tish bilan, bir necha oyda Qur’on savodli bo‘lish mumkin. Bu niyat, g‘ayrat va sabr bilan bo‘ladi.

Misol tariqasida, bir kishi hajga borganda Qur’on o‘qishni bilmasligi sababli o‘zini juda noqulay his qilgan va hajdan qaytgach Qur’on savodini o‘rganib, hatto butun oilasi bilan hofiz bo‘lgan. Bu Allohning kalomiga bo‘lgan muhabbat va intilish tufayli bo‘ladi.

Xulosa: Telefon yoki boshqa qurilmada Baqara surasini eshittirish foydalidir. Ammo eng yaxshisi — o‘zi o‘qishni o‘rganish va shaxsan tilovat qilishdir. Qur’on o‘qishni o‘rganishga harakat qilish — Allohning kalomiga bo‘lgan hurmat va muhabbatdir. Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on o‘qiyotgan odamga birov salom bersa, nima qiladi?

    August 29, 2025
  • “Munofiqlar Allohni kam eslaydi” oyati sharhi.

    August 18, 2025
  • “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish xatomi?

    August 5, 2025
  • 20 yoshda Qur’on yodlash afzalmi, ilm o‘rganishmi?

    July 25, 2025
  • Namozlardan keyin ma’lum suralarni doimiy o‘qish: Sunnatmi yoki bid’at?

    July 22, 2025
  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025