Ustoz, bizda pul yig‘ilib qolgan edi. Ota-onam: “Uyda turmasin, xavfli,” deb bankka qo‘yishimizni maslahat berishdi. Pulni bankka qo‘ydik, endi undan foiz chiqmoqda. “Foizini olmaymiz,” desam, ota-onam: “Olib, akalaringga beramiz. Ular qiynalayapti, kreditlari bor,” deyishyapti.
Bir suhbatingizda shunday degan ekansiz: “Agar pulni uyda saqlash xavfli bo‘lsa, bankka qo‘yib, chiqadigan foizni savob umidisiz faqat muhtojlarga bersa bo‘ladi.”
Shu foizdan olib, akamlarimizga bersak bo‘ladimi?
Yana bir savol: faqir va miskin kishining qanday alomatlari bo‘ladi?