Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

Nashr sanasi: June 2, 2025

Savol :

Ustoz, agar bir ayol eriga: “Bergan mahringizni qaytarib oling”, desa — bu taloqni so‘ragan hisoblanadimi? Ayol bunga xulu ma’nosini qo‘ymagan bo‘lsa ham, gunohkor bo‘ladimi?
Yana bir savol: agar ular xulu (ajrim) qilgan bo‘lsalar, lekin farzandlarga yoki boshqalarga ajrashganini bildirmaslik uchun ayol erining uyida xuddi xizmatkordek yashasa, bu joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi, agar ajralish niyati bilan aytilgan va er qabul qilgan bo‘lsa — bu xulu’ sanaladi va nikoh bekor bo‘ladi. Ammo niyat bo‘lmasa yoki er rad etsa — ajrim sodir bo‘lmaydi. Agar ajrim (taloq yoki xulu) bo‘lgan bo‘lsa, er-xotin endi nomahram bo‘ladi. Bu holda birga yashash yoki xizmatkordek yurish joiz emas, balki shariatga ziddir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holat juda chigal hayotga olib boradi. Islomda hayotni bu tarzda yashash emas, aniq va ochiq holda masalalarni hal qilish kerak. Agar hayotni davom ettirish istagi yo‘q bo‘lsa, bu ochiq aytilsin. Ajrashilsa — bu ham ochiq bo‘lishi kerak. Chunki bu masalaning shar’iy va huquqiy oqibatlari bor.

Agar ajrim sodir bo‘lgan bo‘lsa — xoh taloq, xoh xulu bo‘lsin — er-xotin endi nomahram bo‘lib qoladi. Shunda bir uyda yashash, birga turish, bolalar bilan birga ko‘rinish — shariatga zid bo‘ladi. Ularning hayoti shubhali holatga aylanadi. Masalan, xotin “uyda xizmat qilaman, farzandlar uchun yashayman” desa ham, bu joiz emas. Chunki nomahram bilan bir uyda yashash mumkin emas.

Yana bir muhim jihat: agar ajrim yashirilsa, ertaga meros masalasida chalkashliklar chiqadi. Misol uchun, er vafot etsa, odamlar uni haligacha eri deb o‘ylab, ayolga meros beradi. Holbuki, u ajrashgan bo‘lgan va haqdor emas. Yoki ayol vafot etsa — o‘sha erkakka meros ajratilishi mumkin. Bularning barchasi shariatga zid holatlardir.

Shuning uchun ajrashish bo‘lsa — bu ochiq e’lon qilinishi kerak. Odamlardan uyalib, Allohning hukmini yashirish noto‘g‘ri. Agar uyalish bo‘lsa, demak ajrashmaslik kerak edi.

Endi savolingizning boshiga qaytsak: ayolning “Bergan mahringizni qaytarib oling” degan gapi, agar ajralish niyatida aytilgan bo‘lsa va er ham bu gapni qabul qilib, “Mayli, bo‘ldi” degan bo‘lsa — bu xulu’ hisoblanadi. Bu holatda nikoh bekor bo‘ladi.

Ammo agar ayol bu so‘zni jahl bilan, “Tentak bo‘lma, mahringni qaytarib ol!” degan ma’noda aytgan bo‘lsa, va er bu gapni qabul qilmagan bo‘lsa — unda nikoh buzilmaydi, hayot davom etaveradi. Chunki xulu’ uchun ikki tomonning roziligi zarur.

Shuning uchun bu kabi nozik masalalarda — aniq va ochiq muomala bo‘lishi lozim. Yashirish yoki chalkashtirish shariatga zid holatlarga olib boradi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025