Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayolning eridan ko‘ngli sovugan, taloq so‘rasa, eri bermaydi. Buning shariatdagi yechimi qanday?

Ayolning eridan ko‘ngli sovugan, taloq so‘rasa, eri bermaydi. Buning shariatdagi yechimi qanday?

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Ayolning eridan ko‘ngli sovugan. Taloq so‘rasa, eri bermaydi. Eri to‘shakka chaqirsa, xohlamaydi. “Mening navbatimda boshqa ayolingiz bilan bo‘ling”, desa, eri ko‘nmaydi, norozi bo‘ladi.

Bu holatda nima qilish mumkin? Gunohkor bo‘lmaslik uchun, agar er-xotin kelishib olsa, faqat to‘shakdan tashqari ishlarda xotinlik qilish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar er rozi bo‘lsa va ikkalasi o‘zaro kelishib olsa, bu joiz bo‘ladi. Agar ayol erning haq-huquqini ado qilishni ko‘tara olmasa – u holda ayolning taloq so‘rashga haqqi bor. Agar er taloq bermasa, xulu’ qilish (ya’ni ma’lum bir narsa evaziga ajrim) joiz bo‘ladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vas-solatu vas-salamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Agar er rozi bo‘lsa va ikkalasi o‘zaro kelishib olsa, bu joiz bo‘ladi. Bu holat Rasululloh ﷺ davridagi Savda onamizning holatlariga o‘xshaydi. U kishi Rasululloh ﷺ bilan kelishib, navbatini Oysha onamizga bergan edilar.

Rasululloh ﷺ boshqa ayollariga bir kecha borar edilar, Savda onamiz esa navbatlarini Oyshaga berganliklari sababli, Rasululloh ﷺ Oysha onamizga ikki kecha borar edilar. Bu kelishuv misolidir. Alloh taolo “Vassulhu khayr” – ya’ni kelishish yaxshidir – degan.

Agar eri bunday holatga ko‘nmasa, “yo‘q, men shunaqa narsa qilmayman, xotinim bo‘lib yashaysan, qanday bo‘lsa shunday adolatda yashaymiz”, desa, lekin xotin bu holatga bardosh berolmasa – ya’ni er bilan to‘shakda yotishni, uning haq-huquqini ado qilishni ko‘tara olmasa – u holda ayolning taloq so‘rashga haqqi bor. Agar er taloq bermasa, xulu’ qilish (ya’ni ma’lum bir narsani evaziga ajrim) joiz bo‘ladi.

Bu holat Sobit ibn Qaysning holatiga o‘xshaydi. Sobitning xotini Rasululloh ﷺ huzuriga kelib: “Men Sobitni dinida yoki odobida ayblamayman, lekin yomon ko‘rib qoldim, nafratlanaman”, degan. Shunda Rasululloh ﷺ ularni xulu’ orqali ajratib bergan edilar.

Bu yerda ham holat shunga o‘xshaydi. Agar ayol erini juda yomon ko‘rib qolsa, nafrati kuchayib, eriga itoat qilmaslik darajasiga yetsa, bu uning ma’suliyatlarini bajarmasligiga sabab bo‘ladi. Eri to‘shakka chaqirsa, javob bermasa, kechasi farishtalar uni la’natlaydi, degan hadis mavjud.

Ammo ayolning qalbida nafrat bo‘lsa, u qanday qilib erini rozi qiladi? Bu jihati ham bor. Shuning uchun bu masalani o‘rtacha bir yo‘l bilan hal qilish kerak.

Agar er rozilik bildirsa, “bo‘pti, sen xohlagan paytingda yaqinlik qilamiz, istamasang zo‘rlamayman”, desa – va bu holatga ikkalasi kelishib olsa – unda mayli.

Agar er bu yo‘lga ham rozi bo‘lmasa, ikkinchi yo‘li – ayol taloq so‘rashi yoki xulu’ qilishidir, ya’ni biror narsani evaziga ajralish. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Qonuniy nikohi bo‘lmagani uchun imom nikoh o‘qishdan bosh tortgan va ayoli bilan qo‘shilib qo‘ygan yigitning savoli.

    October 7, 2025
  • Qizlar er topish uchun ko‘chaga chiqishi kerakmi?

    October 4, 2025
  • Toshkentlikman. Buxorolik bir dindor qizni yoqtirib qoldim. Onam «ular bizga to‘g‘ri kelmaydi» deb qarshi. Men esa boshqa qizlarga ko‘ngil qo‘ya olmayapman. Shariatda bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025
  • To‘y kuni mashinalardan kortej qilish hukmi.

    September 14, 2025