Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Oila >Ayolini opasining uyiga jo‘natmaydigan odam haqida savol.

Ayolini opasining uyiga jo‘natmaydigan odam haqida savol.

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Mening opam bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Hijobda yuradi, niqobda emas. Shu sababli erim opamnikiga mehmonga borishimga ruxsat bermaydi. Chunki opamning topadigan maoshini harom deydi. Pachcham ham ishlaydi, lekin u kishining topgan daromadini halol deb hisoblaydi. “Siz silai rahmni buzayapsiz”, desam ham, bu gaplarimni inobatga olmaydi.

Uch-to‘rt oyda bir opamnikiga borishimni so‘rasam ham, mana ikki yildirki, umuman bora olmayapman. Erim esa: “Men silai rahmni uzmayapman, chunki opang bilan baribir ota-onangnikida ko‘rishib turasizlar. Telefon qilib ham gaplashsang bo‘ladi,” deydi. Men ham, opam ham bundan juda ranjiyapmiz.

Pochchamning daromadi halol bo‘lgani uchun, shu bahonada opamnikiga ba’zida borsam bo‘ladimi? Erimga nasihat qilsangiz, sizni hurmat qiladi, eshitadi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar pachchangizning daromadi halol deb tan olinayotgan bo‘lsa, bu oila halol rizqdan yashayotgan oiladir. Alhamdulillah. Demak, bu yerda “harom pul” degan e’tiroz o‘rinli emas. Shunday ekan, silai rahmni uzish, yaqinlar bilan aloqani kesish — aslo durust emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh rozi bo‘lsin, “sizni hurmat qilib eshitadi,” deyapsiz. Bu katta fazilat. Alloh unga ham, sizga ham yengillik bersin.

Ammo aytaylik: “Opang harom pul topadi, shuning uchun uning uyiga borish harom” degan gap — bu haddan oshish, ya’ni g‘ulu bo‘ladi. Islomda haddan oshmaslik buyurilgan. Alloh taolo ham, Rasululloh ﷺ ham “Dinda haddan oshmanglar” deb qat’iy ogohlantirgan.

Opangiz bolalar bog‘chasida ishlayapti. U yerda o‘z mehnati bilan pul topyapti. Asabiy ishlarda, bolalar tarbiyasida, yurakdan xizmat qilayotgani ayon. Bu halol rizq sanaladi. U niqob taqmayotgani — boshqa masala. Lekin bu orqali daromadini harom deb aytish — noto‘g‘ri.

Agar pochchangizning daromadi halol deb tan olinayotgan bo‘lsa, bu oila halol rizqdan yashayotgan oiladir. Alhamdulillah. Demak, bu yerda “harom pul” degan e’tiroz o‘rinli emas. Shunday ekan, silai rahmni uzish, yaqinlar bilan aloqani kesish — aslo durust emas.

Agar meni nasihatimni qabul qilsangiz, aytganim shu: dinda haddan oshmang. Allohning dini og‘ir emas, u yengillik dinidir. Siz yengillikka intilsangiz, Alloh ham sizga yengillik beradi.


“Kim bir musulmonning holatini yengillatsa, Alloh taolo uning holatini yengillashtiradi.”

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Avtohalokatda oilamni, farzandlarimni yo‘qotdim. O‘z holatimdan rozi emasman, tushkunlikdaman. Menga nasihat bering.

    June 25, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025