Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayolga nifos davrida aytilgan taloq o‘tadimi?

Ayolga nifos davrida aytilgan taloq o‘tadimi?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

To‘rt farzandli bir ayol beshinchi farzandiga homilador bo‘lgan paytda eri bilan janjallashib qoladi va eri unga bir taloq beradi. Ko‘p o‘tmay, ayol beshinchi farzandini dunyoga keltiradi. Nifos (tuqqanidan keyingi qon ko‘riladigan) davrida ayolning otasi uning ko‘ch-ko‘ronini olib ketish uchun keladi. Bu paytda kuyov bilan otasi janjallashib qoladi. Janjal chog‘ida ayolning otasi: “Qizim sen bilan endi yashamaydi”, deganida kuyov: “Unday bo‘lsa, qizingizga uch taloq”, deydi.

Oradan vaqt o‘tib, ular endi yana yarashib, birga yashamoqchi. Savol: Nifos paytida aytilgan uch taloq hisobga o‘tadimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nifos davrida aytilgan uch taloq hisobga o‘tmaydi, chunki ayol allaqachon eriga begona bo‘lib qolgan edi. Hozir ular yangi nikoh bilan birga yashashlari mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, hisobga o‘tmaydi. Nega?

  1. Birinchidan, ayol homilador bo‘lganida erining bergan birinchi talog‘i (ijmo‘ bilan) tushgan bo‘ladi.

  2. Ikkinchidan, ayol farzandini dunyoga keltirganida idda muddati ham tugagan bo‘ladi.

Shariatda ayol homilador holda taloq qilinsa, u tug‘gan paytda iddasi yakun topadi. Idda tugagach, u ayol eriga begona ayol hisoblanadi. Shunday bo‘lganidan keyin, nifos paytida, ya’ni idda muddati yakunlangach berilgan taloq amalga o‘tmaydi, chunki er-xotin orasida endi nikoh yo‘q.

Shuning uchun otasi kelgan paytda kuyovning “uch taloq” degan gapi shar’an hech qanday kuchga ega emas. Chunki idda tugagan, nikoh uzilgan, ayol begona bo‘lib qolgan. Begona ayolga “taloq” berishning diniy qiymati yo‘q – hech narsa o‘zgartirmaydi.

Agar undan oldin ham boshqa taloqlar bo‘lmagan bo‘lsa, unda homiladorlik paytida berilgan birinchi taloq – yagona taloq hisoblanadi. Ayol tug‘gach iddasi yakunlangan, hozir esa ular yangi nikoh va yangi mahr bilan yana turmush qurishlari joiz.


Xulosa:
Nifos davrida aytilgan uch taloq hisobga o‘tmaydi, chunki ayol allaqachon eriga begona bo‘lib qolgan edi. Hozir ular yangi nikoh bilan birga yashashlari mumkin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026