Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Oila >Ayol qayinsingillariga eridan beruxsat narsa berib yuborsa bo‘ladimi?

Ayol qayinsingillariga eridan beruxsat narsa berib yuborsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 27, 2025

Savol :

Ayol qayinsingillariga eridan so‘ramasdan uyidagi narsalardan berib yuborsa bo‘ladimi? Yoki albatta ruxsat so‘rashi kerakmi? Ba’zi erkaklar o‘zining opa-singlisi bo‘lsa ham ruxsat bermaydi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni, albatta, eridan so‘rash kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Buni, albatta, eridan so‘rash kerak. Chunki uyidagi narsa erning mulki hisoblanadi. Agar xotin o‘zi ishlab topib, o‘z pullaridan bersa, mayli. Lekin erning mol-mulkidan ayol kishi erining ruxsatisiz birovga bersa, va er bundan norozi bo‘lsa, ayol buni bilib turgan holda qilsa — bu to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bunday sadaqa yoki ehson savob bo‘lmaydi, balki gunoh bo‘ladi. Hatto oilaning buzilishiga ham olib kelishi mumkin.

Shuning uchun, agar ayol sadaqa yoki ehson qilmoqchi bo‘lsa, avval erining roziligini olishi kerak. Ayolda bu masalada farosat bo‘lishi lozim. Chunki ba’zan erkak kishi ochiqchasiga aytmasa ham, baribir ko‘ngli qoladi.

Agar xotini eridan so‘ramay, u yoq-bu yoqqa isrofgarchilik qilib bera boshlasa, erning ishonchi susayadi, xotinidan ko‘ngli soviydi. Keyinchalik “baribir yo‘qotadi, sovuradi” degan o‘y bilan er xotinidan narsalarini yashirishga o‘tadi. Ba’zi hollarda erlar pulini boshqa joyda saqlaydi, uyiga keltirmaydi, xotini hatto uning qancha daromadi borligini ham bilmaydi. Bu esa erning xotiniga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishidan dalolat beradi.

Shu bois ayol kishi farosatli bo‘lishi kerak. Maqsad nima? Maqsad — Alloh uchun yaxshi amal qilib, ajr olish. Ammo erining mulkidan ruxsatsiz bersa, ajr bo‘lmaydi. Aksincha, hamyon buziladi, er-xotin o‘rtasidagi ishonch sinadi.

Shuning uchun bunday ishlarda erning roziligi va maslahatini olish shart.

Vallāhu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayolga qanday nafaqa beriladi?

    August 20, 2025
  • Eri ishlamay uyda yotadigan ayolning savoli.

    August 4, 2025
  • Ayoliga yaqinlik qilish xohishini aytmaydigan er haqidagi savol.

    July 20, 2025
  • Ayolini opasining uyiga jo‘natmaydigan odam haqida savol.

    July 13, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Avtohalokatda oilamni, farzandlarimni yo‘qotdim. O‘z holatimdan rozi emasman, tushkunlikdaman. Menga nasihat bering.

    June 25, 2025