Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayol kishining: “Meni ham chet elga birga olib keting”, deb eriga aytishga haqqi bormi?

Ayol kishining: “Meni ham chet elga birga olib keting”, deb eriga aytishga haqqi bormi?

Nashr sanasi: May 27, 2025

Savol :

Turmush o‘rtog‘im tirikchilik uchun uzoq muddatga chet elga ishlashga ketmoqchi. Biz kelinlik uyida, turmush o‘rtog‘imning uylanmagan tog‘asi bilan birga yashaymiz. Men unga: «Agar siz ketsangiz, men nomahram bilan bir uyda qolmayman, meni ham o‘zingiz bilan olib keting», dedim. Bunga haqqim bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

«Yo meni ham olib keting, yo menga alohida xavfsiz yashash sharoitini yarating», deb talab qo‘yishga to‘liq haqlisiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu holatda sizning haqqingiz bor. Turmush o‘rtog‘ingiz uzoq muddatga chet elga ketib, sizni nomahram — uylanmagan tog‘asi bilan bir uyda qoldirishi shar’an noto‘g‘ri va bu katta xatodir. Bunday holatda fitna, shayton va nafs xavfi mavjud.

Agar eri safarga chiqmoqchi bo‘lsa, hech bo‘lmaganda ayolining ota-onasinikida yashashiga ruxsat berishi yoki unga alohida sharoit — masalan, ijaraga uy ajratib berib ketishi lozim.

Aslida, erkak kishining xotini rozi bo‘lmasa, uni to‘rt oydan ortiq yolg‘iz tashlab ketishga haqqi yo‘q.

Shu sababli, siz: «Yo meni ham olib keting, yo menga alohida xavfsiz yashash sharoitini yarating», deb talab qo‘yishga to‘liq haqlisiz.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Mahr va iddaga oid savol.

    August 18, 2025
  • “Bilganingni qil, boshing ochiq”, desa taloq tushadimi , tushsa uning yechimi qanday?

    August 14, 2025
  • Nikohlanishda qizning otasi o’rniga tog‘asi “vakil ota” bo’lishi joizmi?

    August 14, 2025