Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

Nashr sanasi: June 3, 2025

Savol :

Ustoz, turmush o‘rtog‘im ko‘pincha safarda yuradi. Shu sababli ko‘pincha moddiy jihatdan qiynalaman. Bir yarim yashar farzandimiz bor, u ko‘p kasal bo‘ladi. O‘zimning ham sog‘lig‘im yomon. Ayniqsa hozirgidek sovuq paytda kiyim-kechak va boshqa zaruratlar ko‘paydi. Turmush o‘rtog‘im hozirda pul yubora olmayapti. Biz hozir ota uyimdagimiz.
Savolim: ayollar bilan birga ishlasam bo‘ladimi? Chunki turmush o‘rtog‘im bunga ruxsat bermayapti. Uning roziligisiz, lekin iffatimni saqlagan holda ishlasam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar er umuman nafaqa yubormayotgan bo‘lsa va ayolning ehtiyoji jiddiy bo‘lsa, u holda ayol iffatini saqlagan holda ishlashi joizdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar er nafaqa bera olmayotgan bo‘lsa, ayolga ishlashga ruxsat beriladishart shuki, u iffatini saqlasin. Chunki erning roziligi — nafaqa ta’minlagan holdagina majburiyat hisoblanadi.

Er yoki:

  • Nafaqa bersin,

  • Yoki boshqa birovdan qarz olib bo‘lsa-da ayolni ta’minlasin,

  • Yoki o‘zi ishlashga ruxsat bersin.

Agar er bu uchalasini ham bajarmasa, ayol qanday yashaydi? Havo bilanmi? Dard, bola, kiyim, ovqat — bularning barchasini kim ta’minlaydi?

Aytish mumkinki: “Otang uyida yashayapsan, otang boqsin.” Ammo otaning vazifasi tugagan — u qizini sizga nikoh bilan topshirgan. Shundan so‘ng mas’uliyat erga o‘tadi.

Agar er butunlay nafaqa bermasa, ayol ehtiyojini qondirish uchun ishlashiga shar’an ruxsat bor. Er bu holatda to‘sqinlik qilishga haqli emas. Ammo agar er hech bo‘lmasa minimal darajada — ovqat, boshpana, zaruriy narsalarni ta’minlab tursa, ayol sabr qilishi kerak. Faqat “komfor” hayot yo‘qligi sabab ishlash talab etilmaydi.

Shunday ekan, agar er umuman nafaqa yubormayotgan bo‘lsa va ayolning ehtiyoji jiddiy bo‘lsa, u holda ayol iffatini saqlagan holda ishlashi joizdir.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025
  • Uylanaymi, ilm olaymi?

    August 31, 2025
  • Ayol qayinsingillariga eridan beruxsat narsa berib yuborsa bo‘ladimi?

    August 27, 2025
  • Taloqqa oid savol.

    August 27, 2025
  • Valiysiz o’qilgan nikoh haqida.

    August 25, 2025
  • Ayolga qanday nafaqa beriladi?

    August 20, 2025