Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Mahram >Asrab olingan bolaning farzandlari nomahram hisoblanadimi?

Asrab olingan bolaning farzandlari nomahram hisoblanadimi?

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Bir ayol farzandi yo‘qligi sababli bir qiz va bir o‘g‘il bolani chaqaloqligidan asrab olgan. Har ikkisi boshqa-boshqa oilaning farzandi. Hozirda ular oila qurgan. Ularning farzandlari bu ayol uchun nomahram hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar emizish yo‘li bilan mahramlik hosil qilinmagan bo‘lsa, u bolalar ham, ularning farzandlari ham bu ayolga nomahram hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, nomahram hisoblanadi — agar bu ayol ularni o‘ziga mahram qilmagan bo‘lsa. Mahramlik faqatgina emizish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ya’ni bu ayol bolalarni o‘z ko‘kragidan emizgan bo‘lsa yoki singlisi emizgan bo‘lsa, u holda u xola sifatida u bolalarga mahram bo‘ladi.

Agar bu emizish holati bo‘lmagan bo‘lsa, shunchaki tarbiyalab, boqib katta qilgan bo‘lsa, ular unga mahram bo‘lmaydi. Bu holatda na o‘g‘il bola bu ayolga mahram, na qiz bolaning farzandlari mahram sanaladi. Hatto bu ayolning eri ham asrab olingan bolalarga nisbatan mahram emas.

Yodda tutish kerakki, bola bir ayolning uyida uzoq vaqt yashagan taqdirda ham, bu holat uni mahram qilmaydi. Mahramlik shar’iy yo‘l bilan — ya’ni emizish (rozi’a) orqali yuzaga keladi. Emizish orqali qarindoshlik hosil qilinmasa, u bola shar’iy jihatdan begona hisoblanadi.

Shuning uchun, agar emizish yo‘li bilan mahramlik hosil qilinmagan bo‘lsa, u bolalar ham, ularning farzandlari ham bu ayolga nomahram hisoblanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Erning ruxsatisiz safar qilish joizmi?

    December 28, 2024