Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Asabiylikdan qanday qutulish mumkin?

Asabiylikdan qanday qutulish mumkin?

Nashr sanasi: July 19, 2025

Savol :

Ustoz, hozir jamiyatimizda asabiylik juda avj olgan. Kattalar kichiklarga, kichiklar kattalarga, erlar ayollarga, ayollar erlariga va bolalariga asabiy muomala qilishyapti. Iltimos, bunday asabiylikni yo‘qotish uchun nima qilish kerakligi haqida maslahat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

G‘azabni yengish uchun to‘g‘ri ilm, tavoze, Allohni tanish, va o‘z ojizligini anglash kerak. Har bir musulmon g‘azab kelgan paytda sabr qilishni o‘rganishi, uni yomon oqibatlarga olib borishini chuqur tushunib yetishi zarur.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Rasululloh ﷺ huzurlariga bir kishi kelib:

“Ey Rasululloh, menga nasihat qiling,” deb so‘raganida, Rasululloh ﷺ:
“G‘azablanma,” deganlar.

Bu ne’matli nasihatda katta hikmat bor. G‘azab, asabiylik — insonni yomonlik sari boshlaydi. Avvalo, inson g‘azabning o‘zi uchun zararli ekanini anglashga intilishi kerak. Bu anglash — islohga olib boradi.

Ibn Qayyim rahimahulloh aytadilar: Harom ishlarning eshigi uchta asosga borib taqaladi:

  1. G‘azab,

  2. Shahvat,

  3. Shubha.

1. G‘azab:

G‘azab odamni o‘zini tutolmaslikka olib boradi.

  • G‘azabda odam qotillikka qo‘l uradi.

  • G‘azabda odam taloq aytib qo‘yadi.

  • G‘azabda farzand ota onasiga oq bo’ladi.

  • G‘azabda birodarlar ajraladi, jamoatlar parchalanadi.

  • G‘azab shaharlarda urushlarga sabab bo‘ladi.

G‘azab — boshqaruvni yo‘qotish, aqlni chetga surish, oqibatni ko‘rmay amal qilishdir.

2. Shahvat:

Shahvat — insonni zino, aroq, g‘iybat, yolg‘on, molni yeb qo‘yish kabi gunohlarga boshlaydi. Uni yengish yo‘li — halol yo‘l bilan ehtiyojni qondirish va ilm bilan zararning oqibatini o‘ylash.

3. Shubha:

Bu esa eng xavflisi. Inson o‘zini yaxshi ish qilyapman deb o‘ylaydi, aslida esa shirk, bid’at, noto‘g‘ri e’tiqodda bo‘ladi. Masalan, qabrga borib so‘rash, Alloh buyurgan deb hisoblash — aslida Alloh qaytargan amallar bo‘lishi mumkin. Shubhadagi najot — to‘g‘ri ilm bilan bo‘ladi.


Asabiylik va g‘azabdan qanday qutulamiz?

  1. Allohni tanish va o‘z zaifligini anglash — g‘azabni yengishga yordam beradi.
    Inson o‘zini kuchli deb bilsa, tez g‘azablanadi. O‘zini kuchli ko‘rgan kishi “Men kimman?” deb boshlaydi.
    O‘zini ojiz deb bilgan inson esa kamtar bo‘ladi.
    Mansabli bo‘lgan paytda odam g‘ururlanadi, lekin mansab ketgach, xuddi shunday gapni eshitib ham g‘azablanmaydi.

  2. Misol: Orqangizdan birov boshizga urdi. Qaraysiz — podsho turibdi. Quchoqlab olasiz. Xursand bo‘lasiz.
    Yana bir kishi urdi, qarasangiz ishchiz “Nima?!” deb g‘azab bilan qichqirasiz. Holat bir xil, ammo munosabat farqli, sabab — sizning oldingizdagi kishining kimligini anglaganingizda.

  3. Allohni tanish — eng katta vosita. Alloh Qur’onda aytadi:

    كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَيَطْغَىٰٓ ٦

    Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur.

    أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ ٧

    Ōzini boy-behojat ko‘rgach, (albatta tug‘yonga tushar).
    (Al-‘Alaq: 6-7)

Inson o‘zini kuchli deb o‘ylasa — bu tug‘yon qiladi. Aslida biz hammamiz bitta nutfadan yaratilganmiz. Podsho ham, kambag‘al ham Alloh huzurida yalang‘och, yalang‘oyoq holatda turadi. Ana shunday holatni tasavvur qilgan inson g‘azabdan tiyiladi.


Bugungi asabiy jamiyat sabablari:

  1. Ilmsizlik (jaholat) — odamlar g‘azabni yomon narsa deb bilmayapti.

  2. Shayton va jinlarning vasvasasi — jaholatli odamga bu kuchlar bemalol ta’sir qiladi.

  3. Ijtimoiy bosim va kambag‘allik — bu omillar ham g‘azabni kuchaytiradi.


Xulosa:

G‘azabni yengish uchun to‘g‘ri ilm, tavoze, Allohni tanish, va o‘z ojizligini anglash kerak. Har bir musulmon g‘azab kelgan paytda sabr qilishni o‘rganishi, uni yomon oqibatlarga olib borishini chuqur tushunib yetishi zarur.

Vallāhu a‘lam.
Alloh barchamizni o‘z ustimizda ishlashga, g‘azabimizni yengishga va halim-tabiatli bo‘lishga muvaffaq qilsin. Āmīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tik turib dars qilish joizmi?

    July 13, 2025
  • Himmatni qanday oliy qilish mumkin?

    July 9, 2025
  • Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

    July 8, 2025
  • Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

    July 2, 2025
  • Alloh nega farishtalarga emas, Odamga barcha narsalarning nomini o‘rgatdi?

    July 1, 2025
  • Diniy ma’ruzalarni eshitish jinoyat hisoblangan davrda mo‘min kishi qanday yo‘l tutishi kerak?

    July 1, 2025