Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Aqidasi boshqacha bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi?

Aqidasi boshqacha bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: February 18, 2025

Savol :

Ustoz, bir do‘stim unashtirilgan edi, lekin qizning aqidasi boshqa ekan, shuning uchun uylanmayman deb turibdi. Uning bu qarori to‘g‘rimi? Iltimos, yo‘l ko‘rsatsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Do‘stingiz bu qarorni shoshilib qabul qilmasdan, avval masalaga chuqurroq yondashishi, qizning aqidasini aniq o‘rganishi va uni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilishi kerak. Agar baribir bu imkonsiz bo‘lsa, u holda hozirdan nikohdan qaytish eng ma’qul yo‘l bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar unashtirilgan bo‘lsa-da, hali nikoh o‘qilmagan bo‘lsa, ikkala tarafdan biri qaytishga haqli, bu holatda hech qanday majburiyat yo‘q. Chunki nikoh hali vujudga kelmagan. Agar qiz yoki yigit unashtirilgandan so‘ng qarorini o‘zgartirsa, unga majburiyat yuklanmaydi.

Endi, aynan aqida masalasiga kelsak, “aqidasi boshqa” degan tushuncha aniqroq bo‘lishi kerak. Agar qizning aqidasi ahl as-sunna val-jamoadan uzoq bo‘lib, zalolatga tushgan guruhlar qatorida bo‘lsa (masalan, mo‘’tazila, jahmiya, botiniya va hokazo), u holda bu nikohdan voz kechishi to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Chunki, aqidadagi jiddiy tafovutlar kelajakda katta nizolarga olib kelishi mumkin.

Lekin agar aqidadagi farq unchalik jiddiy bo‘lmay, tushuntirish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish imkoni bo‘lsa, u holda avvalo, maslahat va tushuntirish orqali qizning aqidasini to‘g‘rilashga harakat qilish kerak. Buni ayollar orqali, ilmli kishilar orqali amalga oshirish mumkin. Agar u tushunchalarni qabul qilib, to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, nikohdan voz kechish shart bo‘lmaydi.

Agar tushuntirish va da’vatdan keyin ham qizning aqidasi o‘zgarmasa va u botil e’tiqodida qat’iy tursa, u holda bu nikohdan voz kechish afzal bo‘ladi. Chunki keyinchalik bu katta muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Xulosa:
Do‘stingiz bu qarorni shoshilib qabul qilmasdan, avval masalaga chuqurroq yondashishi, qizning aqidasini aniq o‘rganishi va uni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qilishi kerak. Agar baribir bu imkonsiz bo‘lsa, u holda hozirdan nikohdan qaytish eng ma’qul yo‘l bo‘ladi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Iddadagi ayol xulu qilsa, eriga nomahram bo‘lib qoladimi va idda o‘tiradimi?

    January 8, 2026