Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Allohning Ism va Sifatlari >Allohning ism va sifatlarini 100 marta aytib duo qilish joizmi?

Allohning ism va sifatlarini 100 marta aytib duo qilish joizmi?

Nashr sanasi: June 28, 2025

Savol :

Ustoz, Allohning ism va sifatlarini kunlik zikr qilib, duo qilish joizmi? Masalan, shifo niyatida har kuni 100 marta “al-Quddūs” deb aytish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Allohning go‘zal ismlarini istalgancha zikr qilish joiz. Lekin aniq miqdorni sunnatga nisbat bermaslik kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu mumkin. Allohning ismlarini zikr qilish va ular orqali duo qilish — joiz va savobli amaldir. Hatto kuniga 100, 200 yoki 300 marta desangiz ham — bunda zarar yo‘q.

Ammo “albatta 100 marta aytilishi kerak”, “shunday belgilangan”, “sunnatda kelgan” deb aytilsa — bu bid’at bo‘lib qoladi, chunki bunday miqdor Rasululloh ﷺdan aynan shu ism uchun rivoyat qilinmagan.

Ammo Alloh taoloning ismlarini — al-Quddūs, as-Salām, ar-Raḥmān, al-Karīm, al-Ḥamīd, al-Mājid va boshqalarni zikr qilib, ular orqali Allohdan shifo, baraka, mag‘firat so‘rash — quvvatlanadigan amaldir.

Alloh taolo Qur’onda aytadi:

“Va lillāhil-asmā’ul-ḥusnā fa’d’ūhu bihā…”
“Go‘zal ism–sifatlar Allohgadir. Bas, Uni ular bilan duo qilinglar.”
(A’rof surasi, 180-oyat)


Xulosa:
Allohning go‘zal ismlarini istalgancha zikr qilish joiz. Lekin aniq miqdorni sunnatga nisbat bermaslik kerak.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0