Ustoz, aqida darslaringizni eshitib borayotgan edik. Siz: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” desak, bu so‘z go‘yoki barcha ilohlar Alloh bo‘lib qoladigandek bo‘ladi, degandek fikr bildirdingiz. Chunki boshqa soxta ilohlarni ham Qur’on “iloh” deb ataganini, ya’ni Alloh ularni “iloh” deb tilga olganini aytdingiz. Keyin Qur’on oyatlaridan va Shayx Ibn Boz rohimahullohning so‘zlaridan misollar keltirdingiz.
Ammo Qur’on va hadislarda “Allohdan boshqa iloh yo‘q” degan ibora juda ko‘p qaytarilgan. Oyatlarda Alloh soxta xudolarni haqiqatda tasdiqlab emas, balki kinoya yoki inkor ma’nosida “iloh” deb aytmaganmi?
Unda: “Allohdan boshqa iloh yo‘q” deyish noto‘g‘ri bo‘ladi, deyish Qur’on va hadislarga zid bo‘lib, ta’vil (boshqacha yo‘yish)ga o‘xshab qolmaydimi?
Javob uchun oldindan rahmat.