Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Akam merosni bermayapti, jigarlar bilan munosabat sovuqlashdi — bu holatda yig‘inlarga bormasam, gunoh bo‘ladimi?

Akam merosni bermayapti, jigarlar bilan munosabat sovuqlashdi — bu holatda yig‘inlarga bormasam, gunoh bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 14, 2025

Savol :

Ustoz, jigarlarim bilan munosabatim yaxshi emas. Bu menga sinov bo‘ldi — uysiz qoldim. Otamning hovlisidan joy so‘raganimda, ikki opam o‘z ulushlarini menga berishdi. Akam esa avvaliga “beraman” dedi, lekin oradan vaqt o‘tib, fikridan qaytdi. Keyin esa bilsam, u uyni o‘z nomiga o‘tkazib olgan ekan. “Senga yer ham, pul ham yo‘q”, deb hech narsa bermadi. Opalarim esa akamga bir og‘iz gap ham aytishmadi. Men akam va opalarim bilan salom-alik qilaman, lekin oldingiday mehr-oqibat yo‘q. Ular yig‘ilishsa, men bormayman, chunki oramizda sovuqlik bor. Shu holatda yig‘ilishlarga bormasam, gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Haqqingizni sabr bilan talab qiling, lekin aka-opa-singil aloqasini uzmang. Zulmga qarshi turing, lekin salom-alikni saqlang. Mulk bahona bo‘lib, oila rishtalari uzilmasin. Haq bo‘lsa ham, mehr bilan yondashing. Qolganini Allohga topshiring.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Birinchidan, akangiz sizning haqlaringizni — ya’ni o‘zingizga tegishli merosni va opalaringiz sizga bergan ulushni bermaslik orqali sizga zulm qilgan. Bu zulm dunyoda ham, oxiratda ham jazoga loyiq bo‘ladi. Siz haqqingizni talab qilishda davom eting — lekin doimo yumshoqlik, hikmat va go‘zal muomala bilan.

Agar u ochiqchasiga “bermayman” degan bo‘lsa, bu ish Qiyomatga qoladi. Ammo shunga qaramay, aka-ukalik va opa-singillik aloqalarini butunlay uzib qo‘ymaslik kerak. Birgina mulk uchun oila rishtalarini uzish to‘g‘ri emas. Siz o‘zingiz qilishingiz kerak bo‘lgan narsani qilavering — salom-alikni saqlang, hurmatni qiling, qalbingizda adovat saqlamang. Qolganini Allohga topshiring.

Insonlarga haqi berilmasa, bu aloqalarni uzish uchun asos bo‘la olmaydi. Aks holda, bu dunyoda hamma hamma bilan yuz o‘girib ketgan bo‘lardi — xalq podshohdan, farzand ota-onadan, ayol eri-dan, talaba ustozdan… Chunki haqlarni har kim o‘zicha talqin qilmoqda. Shuning uchun ham haqlarni olishga harakat qilish kerak — lekin o‘z tarafingizdan berilishi lozim bo‘lgan narsalarni hech qachon to‘xtatmang.

Siz o‘z haqingizni doimo hikmat va sabr bilan talab qiling. Shariat bo‘yicha ota-onadan qolgan mulk barchaga meros sifatida adolat bilan taqsimlanadi. Bu ixtiyoriy emas, shariat buyrug‘i. Demak, siz o‘zingizga va opalaringiz sizga topshirgan ulushni olishga haqlisiz. Akangiz bu haqlaringizni bermasa — bu ochiq zulm hisoblanadi.

Siz unga muloyimlik bilan tushuntiring: balki u noto‘g‘ri tushungandir, o‘zini bu mulkni berishga mas’ul emas deb o‘ylayotgandir. Lekin meros bu — Alloh tomonidan belgilangan haqdorlikdir.

Shuning uchun ayting: “Men haqqimni olaman — bu dunyoda bo‘lmasa ham, Qiyomatda baribir olaman.” Alloh taoloning adolati cheksizdir.

Ammo siz hech qachon qon-qarindoshlik aloqasini to‘xtatmang. Salom-alikni davom ettiring, chaqirilgan yig‘inlarga ham borishga harakat qiling — agar borish sizni gunohga olib bormasa. Chunki qilingan zulm bahona bo‘lib, rahm-aloqani uzish halol bo‘lib qolmaydi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025