Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq >Ajrashgan ayol ota uyida idda o‘tirsa bo‘ladimi?

Ajrashgan ayol ota uyida idda o‘tirsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 14, 2026

Savol :

Erim bilan janjal sababli ota uyimga kelganman. Ota uyimga kelgan paytim erim “taloq” degan.
Birinchi taloq berganida uyimiz oldida bo‘lganman. Keyin u yaqinlikni xohlab, taloqni qaytarib olgan.

Idda davomida esa: “Ajrashamiz” dedi.
Men iddani o‘tkazish uchun erimning uyiga qaytmoqchi bo‘ldim, lekin u rozilik bermadi.

Iddani ota uyimda o‘tkazsam bo‘ladimi yoki idda faqat erning uyida o‘tkazilishi shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sizga berilgan taloq hozircha rojaiy taloq hisoblanadi. Ya’ni bu — er qaytarib olishi mumkin bo‘lgan taloq.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Sizga berilgan taloq hozircha rojaiy taloq hisoblanadi.
Ya’ni bu — er qaytarib olishi mumkin bo‘lgan taloq.

Shuning uchun iddani albatta eringizning uyida o‘tkazishingiz shart.

Agar rojaiy taloqda bo‘lgan ayol erining uyidan chiqib, ota uyiga ketib idda o‘tkazsa — gunohkor bo‘ladi.

Sababi:

Rojaiy taloqda:

  • Er sizni qaytarib olishi mumkin

  • Siz hanuz uning xotini hisoblanasiz

  • Shariatning maqsadi — yarashuvni saqlab qolish

Alloh taolo erkakka uch taloq haqqini bekorga bermagan.
Bu — o‘ylab, shoshilmasdan, yarashish imkonini qoldirish uchun.

Shuning uchun:

  • Ayol erining uyida qolishi kerak

  • Er uni ko‘rib tursin

  • Orada yana mehr paydo bo‘lsin

  • Shayton oraga tushib uzoqlashtirmasin

Hanafiy ulamolar hatto shuni aytganlar:

Rojaiy taloqdagi ayol eriga ko‘rinib yurishi, hatto ziynatlanib yurishi joiz, toki er uni yana qaytarib olsin.

Shariatning maqsadi — buzish emas, tuzatish.
Maqsad — hayot yana yaxshi bo‘lib ketishi.

Agar siz ota uyingizga ketib qolsangiz:

  • Er sizni ko‘rmaydi

  • Shayton yana uzoqlashtiradi

  • Yarashish qiyinlashadi

Shuning uchun siz rojaiy taloqda bo‘lganingiz sababli iddani eringizning uyida o‘tkazishingiz kerak.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ko‘p zulm ko‘rgan ayol eridan arjashib, boshqaga tegishi mumkinmi?

    February 11, 2026
  • Uch taloqqa oid savol.

    February 10, 2026
  • Ayol taloq so‘raganida er: “Xo‘p, berdim”, desa, taloq tushadimi?

    February 6, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026
  • Eri ajrashishga rozi bo‘lmay ajrashgan ayol jannatga kirmaydimi?

    January 16, 2026