Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Agar er ayolining haqqini bermasa, ayol taloq so‘raganda u rad etsa, bu holatda ayol nima qilishi kerak?

Agar er ayolining haqqini bermasa, ayol taloq so‘raganda u rad etsa, bu holatda ayol nima qilishi kerak?

Nashr sanasi: May 14, 2025

Savol :

Bir ayolning eri vafot etganidan so‘ng, qaynonasi uni majburan o‘g‘lining ukasiga — ya’ni kichik o‘g‘liga nikohlab qo‘ygan. Nikoh chog‘ida bu erkak: “Yetimlarni zimmamga olmayman”, — deb shart qo‘ygan. Oradan 20 yildan oshiq vaqt o‘tdi. Bu davr ichida u ro‘zg‘orga qarashmagan, ayolining kiyim-kechak va dori-darmonlariga ham pul bermagan, hattoki birga yashamagan.

Ayolning voyaga yetgan katta o‘g‘li onasini va ukalarini o‘zi boqib kelgan. Hozir esa bu erkakning boshqa ayoli va bolalari bor. Ayol undan taloq so‘rasa-yu, u taloq bermasa, bu nikohni qanday hal qilish mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayolning o‘z yaqinlari uni yolg‘iz qoldirmasligi, haqiqatni tiklash uchun kerakli bosimni qilishi lozim. Bu orani shariat asosida hal qilish va ayolni zulmdan qutqarish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar erkak nikoh vaqtidayoq: “Men bu ayolning bolalariga qarashmayman”, — deb aytgan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri, lekin shariatda bunday shartni qo‘yishga haqli. Ammo bu holat mardlikka, insoniylikka va qarindoshlikka zid. Axir bu yetimlar uning akasining farzandlari — ya’ni unga amaki bo‘ladi.

Yillar davomida u bu ayolga na nafaka bergan, na erlik burchini bajargan, na birga yashagan. Endi esa ayol taloq so‘rayapti, lekin u taloq bermayapti. Bu — ochiq zulm.

Agar erkak taloq bermasa, ayol yolg‘iz o‘zi hech narsa qila olmaydi. Bu yerda ayolning ota-onasi, aka-ukalari, yaqin qarindoshlari aralashishi lozim. Ular kuyovni chaqirib:

“Agar bu ayolni xotin qilgan bo‘lsang, unga er bo‘l. Bo‘lmasang — javobini ber!”
— deb murosasiz turishlari kerak.

Bugungi muammo — ko‘p hollarda ayollarni o‘z yaqinlari himoya qilmaydi. “Meni aralashtirma”, deb chetga chiqishadi. Shu sababli ayol yillar davomida zulmda, e’tiborsizlikda qolib ketadi. Bu to‘g‘ri emas.

Agar u erkak bu ayol bilan yashamayotgan bo‘lsa, moddiy jihatdan ta’minlamasa, boshqa xotini va bolalari bilan band bo‘lsa, bu ayol javob so‘rashga to‘la haqli. Taloq bermasa, u bilan bosim orqali orani hal qilish kerak.

وَجَزَـٰٓؤُاْ سَيِّئَةٖ سَيِّئَةٞ مِّثۡلُهَاۖ
(Yomonlikka barobar yomonlik javob bo‘ladi) — (Surah ash-Shura, 40).

Ya’ni agar u zulm qilayotgan bo‘lsa, zulmni yo‘qotish uchun qattiqroq chora ko‘rishga haqqi bor. Bu ayolning sha’ni, or-nomusi, erkini himoya qilish kerak. Zarurat tug‘ilsa, jamoat, mahalla, imom yoki sud orqali ham bu masalani hal qilish yo‘li topiladi.

Xulosa: Ayolning o‘z yaqinlari uni yolg‘iz qoldirmasligi, haqiqatni tiklash uchun kerakli bosimni qilishi lozim. Bu orani shariat asosida hal qilish va ayolni zulmdan qutqarish kerak.

Vallāhu aʿlam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025