Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Haj >Hajda Muzdalifaga bomdod vaqtida yetib bordik, bunga kim javobgar?

Hajda Muzdalifaga bomdod vaqtida yetib bordik, bunga kim javobgar?

Nashr sanasi: April 9, 2026

Savol :

Hajda ellikboshilar odamlarni yig‘ib olish uchun Arafotdan qaytishni kechiktirishdi.

Odamlar Arafotdagi chodirlarda uxlab qolishdi. Muzdalifaga bomdod namozi paytida yuborildi. Shom bilan xufton namozlarini bomdod vaqtida o‘qidik.

Bunga ellikboshilar javob berishadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ellikboshilar noto‘g‘ri yo‘naltirgani uchun javob beradi, lekin har bir kishi ham namoz vaqtini bilib, o‘z ibodatiga o‘zi javobgar bo‘lib qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi “ellikboshilar javob beradi” deb, hamma mas’uliyatni ularga yuklab qo‘yish to‘g‘ri emas.

O‘zingiz ham bilishingiz kerak — hukmlarni bilishingiz kerak.

Ellikboshilar, albatta, bu ishda noto‘g‘ri yo‘naltirgan bo‘lsalar, Alloh taolo oldida javob beradilar. Lekin siz ham bu mas’uliyatdan xoli bo‘lmaysiz.

Ya’ni bomdod vaqtida shom va xufton namozlarini o‘qish — noto‘g‘ri.

Har bir namozning o‘z vaqti bor. Agar Arafotdan chiqolmagan bo‘lsangiz ham, o‘sha joyda namozni o‘z vaqtida o‘qishingiz kerak edi.

Namozni vaqtini o‘tkazib yuborib, keyin bunday qilib jamlab o‘qish — to‘g‘ri emas.

“Ellikboshilar javob beradi, bizdan mas’uliyat soqit”, deb ayta olmaysiz. Har bir inson o‘zi uchun javob beradi.

Kim boshqani xatoga undagan bo‘lsa, u qo‘shimcha gunoh ham oladi. Lekin bu boshqalarni oqlamaydi.

Bugungi kunda imkoniyatlar bor:

  • telefon bor
  • so‘rash mumkin
  • aniqlash mumkin

Alloh taolo aytadi:
“Bilmasangiz, ahli zikrdan so‘ranglar.”

Inson o‘z namozining vaqtini bilishi kerak, bilmasa so‘rashi kerak.

Shuning uchun bu masalada:

  • faqat ellikboshilar emas
  • har bir odam o‘zi ham javobgar

Ellikboshilar esa odamlarning mas’uliyatini zimmasiga olganlari uchun ularga qo‘shimcha yuk ham yuklanadi.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Mahalladagi kam ta’minlangan oilaga yordam berib, navbatsiz hajga borish joizmi?

    June 18, 2025
  • Hajji badal qilish sharti

    June 15, 2025
  • Ayol kishi umrani ado qilgach, yana nafl tavof qilishi afzalmi, yoki chekkaroq joyda namoz o‘qib, Qur’on tilovat qilgani afzalmi?

    May 22, 2025
  • Tahorati tez buziladigan kishi Ka’bani qanday tavof qiladi?

    May 14, 2025
  • Safo va Marva tepaligida sa’yning har birida duo qilinadimi?

    May 9, 2025
  • Umrada soch olish vojibmi?

    April 23, 2025