Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Aqida >Islom haq din ekanida shubhaga tushib qoladigan kishi haqida savol.

Islom haq din ekanida shubhaga tushib qoladigan kishi haqida savol.

Nashr sanasi: March 26, 2026

Savol :

Ustoz, bir tanishim besh mahal namoz o‘qiydi, ro‘zalarini ham qoldirmasdan tutadi. Lekin ba’zida “Islom dini o‘zi to‘g‘rimi?” degan shubhalarga tushib qoladi.

Ustoz, nasihat qilsangiz va Islom dinining to‘g‘riligi haqida dalillar aytsangiz. Shuningdek, inson shunday shubha bilan vafot etsa, nima bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Islomning haq din ekanini bilish uchun — uni o‘rganish kerak. Faqat o‘tirib olib “haqmi, yo‘qmi?” deb shubhalanish bilan ish bitmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savol juda keng mavzu. Bu xuddi bir kishi o‘g‘lini domlaga olib kelib: “Bir haftada mulla qilib qo‘ying, keyin olib ketaman”, deganga o‘xshaydi. Ya’ni siz “Islom dinining to‘g‘riligini tushuntirib bering”, deyapsiz — bu juda katta, chuqur mavzu.

Islom dinining haqligi, risolat masalasi — bu tafsir darslarida keng tushuntiriladi. Ayniqsa, Makkiy suralarda bu masala asosiy mavzu bo‘lgan. Alloh taolo Makkiy suralarda asosan uch asosni sobitlaydi:

  1. Allohni tanitish (tawhid)

  2. Rasululloh ﷺning risolati

  3. Oxirat kuni

Alloh taolo aytadi:

رَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا

“Men sizlarga Islomni din qilib rozi bo‘ldim.”

Inson Allohni uch yo‘l bilan taniydi:

  • Uning ism va sifatlari orqali

  • Koinotdagi yaratgan narsalari va boshqaruvi orqali

  • Uning shariati orqali

Shuning uchun Islomning haq din ekanini bilish uchun — uni o‘rganish kerak. Faqat o‘tirib olib “haqmi, yo‘qmi?” deb shubhalanish bilan ish bitmaydi.

Bu kishiga nasihat:

  • Qur’on o‘qishni o‘rgansin

  • Tafsir darslarini eshitsin

  • Ustozlardan ilm olsin

  • Ayniqsa Makkiy suralarni ko‘proq eshitsin

Allohni tanisa, bu shubhalar asta-sekin yo‘qoladi, insha Alloh.

Bu mavzu juda keng, to‘liq bayon qilish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi.


Endi bu holatning xavfliligiga kelsak:
Bu — juda xatarli masala. Bu insonni halokatga olib boradigan narsa. Bunday shubhani davolash kerak.

Islom — haq din, bunda hech qanday shubha yo‘q.

Qabrda so‘raladigan uch savoldan biri:

  • Robbing kim?

  • Dining nima?

  • Payg‘ambaring kim?

Siz aytayotgan odam aynan shu muhim savollardan biri — “Dining nima?” — degan savolda shubhada turibdi. Bu esa katta muammo.

Shuning uchun bu muammoni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Agar imkoningiz bo‘lsa, o‘zingiz tushuntiring. Agar tushuntira olmasangiz, uni ilm ahliga yo‘naltiring.

Unga ko‘proq tafsir darslarini, ayniqsa Makkiy suralarni eshitishni tavsiya qiling.

Insha Alloh, asta-sekin tushunib boradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Farzandim bilan e’tiqod masalasida kelisha olmayapmiz, nima qilay?

    July 1, 2025
  • “Kichik shirk dinidan chiqarmaydi” degan odam kofir bo‘ladimi?

    May 21, 2025
  • Mazhablar tarihi va tafsiri

    May 7, 2025
  • “Opam oyatni inkor qilib, kofir bo‘ldimi?”

    May 4, 2025
  • Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

    May 3, 2025
  • Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

    April 20, 2025