Men bir sarmoyador kishidan muzoraba asosida pul olib, kelishilgan bir turdagi mahsulotni olib kelib sotish ishini boshlaganman.
Uch yil davomida har oy kelishuvga ko‘ra 70–30 nisbatda foyda taqsimlab kelindi. Hozirda yana bir sarmoyador chiqib, xuddi shu mahsulotni olib-sotish uchun birinchi sarmoyador bilan bir xil shartlarda muzorabaga pul berdi. Bu sarmoya birinchisidan kamroq. Natijada ikki sarmoyadorning mollari bir-biriga aralashib ketdi.
Savol shuki: foyda ikki sarmoyadorga qanday taqsimlanadi?