Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

Nashr sanasi: December 25, 2025

Savol :

Hozirda ayrim tashkilotlar fuqarolarga foizsiz qarz kartalari taklif qilmoqda. Ammo bu kartalarni faqat qarz beruvchi tashkilot belgilagan do‘konlardan mahsulot sotib olish yoki muayyan firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanish uchun ishlatish mumkin.

Qarz beruvchi tashkilot turli do‘konlar, marketlar va firmalar bilan oldindan kelishib oladi. Kelishuvga ko‘ra, karta orqali amalga oshirilgan savdolardan kelgan foydaning ma’lum foizi qarz beruvchi tashkilot hisobiga o‘tkaziladi. Tashkilot bu ulushni mijozlarni jalb qilib bergani uchun oladi.

Shu tariqa, bu tizimda uch xil munosabat yuzaga keladi:

  1. Qarz beruvchi tashkilot bilan qarz oluvchi iste’molchi o‘rtasidagi munosabat;
  2. Iste’molchi bilan do‘kon yoki firma o‘rtasidagi munosabat;
  3. Qarz beruvchi tashkilot bilan do‘kon yoki firmalar o‘rtasidagi munosabat.

Ustoz, shu aloqalarning qaysi biri shar’an joiz, qaysi biri joiz emas, sabablarini tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu uchalasining barchasi joiz emas. Bu ish ochiqdan-ochiq harom, ya’ni ribo hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu uchalasining barchasi joiz emas. Bu ish ochiqdan-ochiq harom, ya’ni ribo hisoblanadi.

Sababi shuki, karta berayotgan tashkilot aslida qarz bermoqda. U bu kartani qarindoshlik yoki xayrixohlik uchun bermayapti, balki shart bilan bermoqda:
“Sen faqat men belgilagan do‘konlardan savdo qilasan.”

Bu do‘konlarga esa oldindan aytib qo‘yilgan:
“Agar mening kartam bilan savdo qilinsa, foydaning ma’lum foizi — masalan, 10 foizi menga tegishli bo‘ladi.”

Demak, berilgan qarz, qarz beruvchiga foyda keltiryapti. Shariatda esa qoida bor:

كُلُّ قَرْضٍ جَرَّ نَفْعًا فَهُوَ رِبًا
“Har qanday qarz foyda keltirsa, u ribodir.”

Bu yerda aynan shu holat mavjud. Qarz foyda keltiryapti, demak bu ribo.

Do‘kon ham bu ishda ribo ishiga sherik bo‘lyapti, chunki u qarz beruvchiga foyda ajratib beryapti. Iste’molchi esa bilgan holda muayyan joylardan savdo qiladi va natijada qarz beruvchiga foyda yetib boradi.

Bu holat Bani Isroilning shanba kuni baliq ovlashdagi hiylasiga o‘xshaydi. Alloh taolo ularga shanba kuni ov qilishni harom qilganida, ular hiyla ishlatib, shaklan boshqacha, ammo mazmunan o‘sha harom ishni qilgan edilar. Natijada Alloh taolo ularni qattiq jazolagan.

Alloh taoloning shariatiga hiyla va o‘yin bilan yondashib bo‘lmaydi. Din — jiddiy masala.
Halol — halol, harom — harom.

“Men foiz olmayapman” deb da’vo qilish foyda bermaydi. Agar qarz berish natijasida bilvosita bo‘lsa ham foyda olinayotgan bo‘lsa, bu ribo hisoblanadi.

Shuning uchun:

  • qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat — joiz emas;

  • iste’molchi bilan do‘kon o‘rtasidagi bu kelishuv — joiz emas;

  • qarz beruvchi bilan do‘kon o‘rtasidagi kelishuv — joiz emas.

Uchala muomala ham harom, chunki ularning barchasida qarz foyda keltirgan, bu esa ribodir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

    December 22, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Uyni maklerga sotishga oid savol.

    August 31, 2025
  • Ko‘rinishi bir-u, sifati har xil mahsulot sotadigan kishining savoli.

    August 18, 2025
  • Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

    July 19, 2025