Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Uyni maklerga sotishga oid savol.

Uyni maklerga sotishga oid savol.

Nashr sanasi: August 31, 2025

Savol :

Biz uyimizni maklerga qirq ming dollarga sotishga kelishdik. U bizdan olgan uy pulini uyni sotgach to‘liq beradigan, ungacha bizga har oy ming dollardan beradigan bo‘ldi.
Bu tarzda qilingan savdo halolmi? Akamning aytishicha, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan uzoq muddatga savdo qilinganda tovar narxini ko‘tarish shar’iy jihatdan joiz ekan. Shu haqida ham tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda hech qanday haromlik yo‘q. Chunki uy sizniki, uni xohlagan qiymatda va xohlagan shart bilan sotishingiz mumkin. Shariatda muhim narsa – savdo shartlari oldindan aniq kelishib olinishi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda hech qanday haromlik yo‘q. Chunki uy sizniki, uni xohlagan qiymatda va xohlagan shart bilan sotishingiz mumkin. Shariatda muhim narsa – savdo shartlari oldindan aniq kelishib olinishi.

Agar kelishuv shunday bo‘lsa:

  • uy narxi 40 ming dollar qilib belgilangan,

  • pul to‘liq keyinchalik beriladi,

  • hozircha har oy ming dollardan berib turadi,

va bu kelishuv taraflarga ma’lum va ravshan bo‘lsa, bu savdo joiz hisoblanadi.

Shuningdek, ulamolar aytishicha: agar biror narsa naqd narxda arzonroq, bo‘lib-bo‘lib to‘lashda esa qimmatroq sotilsa, bu ham shar’an joizdir. Faqat shart – narx va muddat kelishuv paytida aniq belgilanib qo‘yilishi. Agar “qachon beraman” yoki “qancha bo‘ladi” degan noaniqlik qolsa, shunda nizoga sabab bo‘ladi.

Demak, sizning holatingizda shartlar aniq belgilansa, janjalga olib keladigan noaniqlik bo‘lmasa, bu savdo halol va joiz.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

    December 25, 2025
  • Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

    December 22, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Ko‘rinishi bir-u, sifati har xil mahsulot sotadigan kishining savoli.

    August 18, 2025
  • Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

    July 19, 2025