Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

Nashr sanasi: July 19, 2025

Savol :

Aka o‘z ukasiga yoki ayol kishi ovsiniga biror narsa bersa – masalan, mato, ip, yegulik va hokazo – bu narsa albatta qaytarilishi kerakmi? Men ovsinimga biror narsa bersam, u darrov shunga o‘xshash narsa yoki pulini qaytaradi. Axir biz bir oila emasmizmi? Yoki men noto‘g‘ri o‘ylayapmanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Oila a’zolari va yaqinlar o‘rtasidagi sovg‘a-salom va yeguliklar mehr-oqibat asosida bo‘lishi kerak. Har bir narsani pulga bog‘lash yoki darrov qaytarishni kutish muruvvatsizlik hisoblanadi. Islom bunday sovuqqon hisob-kitobni emas, saxovat va samimiyatni targ‘ib qiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu darajadagi hisob-kitoblar, xalq tilida aytilgandek, “nemischasiga hisob-kitob” deb ataladi. Odamlar orasida bunday aniq va sovuqqon hisob-kitob qilishni “nemis bo‘lmang” deyishadi. Chunki musulmon odam muruvvatli, ochiqko‘l va saxiy bo‘lishi kerak. U boshqalarga berishni yaxshi ko‘radi.

Yurtimiz urfida ham biror kimsa qo‘shnisiga ovqat bersa, keyinchalik u ham imkon topganida ovqat qilib chiqaradi. Yoki bir ayol issiq non yopsa, bir-ikki qo‘shniga uzatadi. Bu o‘zaro sovg‘a-salomlar, muloqotlar yurtdoshlarimiz orasida qadimdan mavjud bo‘lgan odatdir. Bu do‘stlik, mehr-oqibat aloqalarini mustahkamlaydi.

Agar odam berilgan har bir narsaning pulini yoki o‘rnini albatta qaytarish kerak deb o‘ylasa, bu muruvvatsizlik bo‘ladi. Chunki oilada, aka-uka yoki ovsinlar o‘rtasida mehr-oqibat ustuvor bo‘lishi kerak. Masalan, ukalar akasining kiyimlarini kiyib katta bo‘ladi, bu holat odatiy va qadrli narsa. Aka ukasiga homiy bo‘ladi, uka akasining izidan yuradi.

Agar har bir yaxshilikning ortidan pul talab qilinaversa, odamlar yaxshilik qilishdan cho‘chiydi. Chunki u: “Men shuncha narsani berdim, lekin pulini qaytarmadi”, deb o‘ylaydi. Ikkinchisi esa: “Pulini to‘lab bo‘lganman, nima uchun minnat qilay?” deydi. Natijada samimiyat yo‘qoladi, fazlu karam o‘rnini sovuq hisob-kitob egallaydi.

Islom dini bunday muruvvatsizlikdan qaytargan. Qur’on va Sunnatda insonlarni saxovatli, bag‘rikeng, muruvvatli bo‘lishga undaydi. Har bergan narsa evaziga albatta narsa yoki pul kutish Islomning ruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerda maqsad – bir-biriga yaxshilik ulashishdir, daromad olish emas.

Xulosa:
Oila a’zolari va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi sovg‘a-salomlar, yeguliklar va yordamlar samimiylik asosida bo‘lishi kerak. Ularning har birini hisob-kitob qilish, pulga bog‘lash Islomda maqtalgan muruvvat, fazlu karam va mehr-oqibatni yo‘qotadi.

Vallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025