Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

Nashr sanasi: July 19, 2025

Savol :

Ustoz, biz birodarlar bilan muzoroba asosida ishlab kelmoqdamiz. Ishimiz savdo-sotiq bilan bog‘liq. Har oy oxirida sof foydani bo‘lishib olardik. Bir maruzada “Muzorobadan tushgan foydani to u muzoroba tugamaguncha olish mumkin emas”, degan gapni eshitdik.

Shundan so‘ng har uch oyda qoldiqni olib, foydani taqsimlaydigan bo‘ldik. Ya’ni, xuddi uch oyda bir muzorobamiz tugab, keyin yana boshqa muzoroba boshlanayotgandek hisoblaymiz. Lekin oddiy muzoroba tugashi bilan bizning muzorobamiz tugashining farqi shundaki — bizda pul aylanmadan yechilmaydi.

Yechishning iloji ham yo‘q. Shu ishimiz to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Pul aylanmadan yechilmay, faqat foydasi olinayotgan bo‘lsa — bu joiz. Foydani oyma-oy yoki har uch oyda olish kelishuvga bog‘liq. Shariatga zid emas, muhim jihat — kapital o‘z joyida qolgan bo‘lishi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ya’ni “pul aylanmadan yechilmaydi” degani — oborotdagi pul doimiy ishlatilyapti, foyda olinayapti. Agar shunday bo‘lsa, hech qanday zarari yo‘q. Foydani bo‘lib olyapsizlar, kelishgan holatda — uch oyda olasizmi, bir oyda olasizmi — farqi yo‘q. Muhimi — kapital (asosiy mablag‘) aylanib turibdi.

Kapitalning o‘zi saqlanib qolgan, undan hech kim tortib olgani yo‘q. Sizlar faqat foydasini olyapsizlar. Foydani har 15 kunda olasizmi, bir oyda, uch oyda, olti oyda yoki bir yilda — bu kelishuvga bog‘liq. O‘rtada qanday kelishilgan bo‘lsa, shunga qarab bo‘lish mumkin. Bu shariatga zid bo‘lgan holat emas.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Muzorabaga oid savol.

    January 31, 2026
  • Tashkilotlar tarafidan beriladigan, muayyan do‘konlarda o‘timli bo‘lgan foizsiz qarz kartalaridan foydalanish hukmi.

    December 25, 2025
  • Qurilishi tugallanmagan uyni sotish.

    December 22, 2025
  • Xorijdan biz yuborgan tovarni do‘konchi ustiga foydasini qo‘yib sotishi joizmi?

    December 22, 2025
  • Uyni maklerga sotishga oid savol.

    August 31, 2025
  • Ko‘rinishi bir-u, sifati har xil mahsulot sotadigan kishining savoli.

    August 18, 2025