Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Bu usul qanday bajarilgani haqida to‘liq ma’lumotga ega emasman. Ammo shuni bilish kerakki, agar tatuirovka suv o‘tkazmaydigan qatlam hosil qilgan bo‘lsa, bu holda u tahorat va g‘uslga halal beradi.
Bu holat xuddi tirnoqqa surtgan lak kabi bo‘ladi. Agar lak tagiga suv o‘tmasa, u tahorat va g‘uslni buzadi. Shuning uchun ayol kishi g‘usl yoki tahorat olishdan oldin tirnoqdagi lakni artib tashlashi kerak.
Xuddi shunga o‘xshab, qoshga qilinayotgan tatuirovka ham terini yopib qo‘yadigan, suvni o‘tkazmaydigan bo‘lsa, bu holat tahorat va g‘uslning to‘liq bo‘lmasligiga olib keladi. Bu esa ibodatlarga bevosita ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, siz aytgan “musulmoncha qosh” degan uslub ham e’tiborga loyiq. Unga ko‘ra qosh terilmaydi, lekin terilgandek ko‘rinadi. Odam qaraganda qosh terilgandek taassurot oladi, yaqinroq borsa, terilmaganligini biladi. Bu esa haqiqatda qoshni tergan ayolga o‘xshashlik hosil qiladi.
Bu holat, ya’ni o‘xshashlik orqali o‘zini shunga tenglashtirish, Rasululloh ﷺning ushbu hadisi asosida og‘ir baholanadi:
“Alloh tatuirovka qilgan va tatuirovka qildirgan ayollarni la’natlagan.”
(Sahih al-Buxoriy, Muslim)
Tatuirovka (ya’ni “washm”) bu – badan ostiga bo‘yoq yuborish yo qonatib ishlash, hozirgi zamonaviy usullar (masalan, lazer yoki apparat yordamida ishlov berish) ham maqsad va ko‘rinish nuqtai nazaridan shunga o‘xshab qolsa, hukmi o‘sha bo‘ladi. Ya’ni, Alloh la’natlagan amallar qatoriga tushib qolish xavfi mavjud.
“Musulmoncha qosh” degan nom esa aldamchi ifodadir. Chunki bu holatda qosh haqiqiy holicha qolmagan, balki terilgandek ko‘rinish berilgan. Bunday hatti-harakatlar ayol kishining hayosi, odobi va muruvvatini susaytiradi. Odamlar bu holatni ko‘rib: “Bu ayol qoshini terdirgan, tatuirovka qildirgan, islom ilmidan va iymondan bexabar bo‘lgan,” degan nazar bilan qarashadi.
Shuning uchun, haqiqiy musulmon ayolning qoshi deganda shunday qosh tushuniladi: unga hech qanday o‘zgartirish, tatuirovka, bo‘yoq yoki sun’iy usul bilan ishlov berilmagan qosh.
Shariatga ko‘ra, bu kabi tatuirovka va unga o‘xshash ko‘rinishlar joiz emas deb bilamiz.
Vallāhu a‘lam.