Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Buyurtma asosida onlayn savdo joizmi?

Buyurtma asosida onlayn savdo joizmi?

Nashr sanasi: July 17, 2025

Savol :

Men xorijda yashayman. Bu yerdagi sifatli, lekin arzon mahsulotlarni onlayn sotmoqchiman. Masalan, do‘konlarga borib, mahsulotlarni rasmga olib, ularni kanalimga joylayman. Buyurtma tushsa, do‘kondan o‘sha mahsulotni sotib olib, pochta orqali xaridorga yuboraman.

Albatta, kanalimda mahsulotlar hozirda qo‘limda emasligi, buyurtma tushgach do‘kondan olib yuborishim haqida ochiq ma’lumot beraman. Shunday qilishim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar mahsulot hozirda qo‘lingizda emasligini va buyurtmadan so‘ng do‘kondan olib yuborilishini oldindan ochiq aytsangiz, bu savdo joiz bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz aytganingizdek, mahsulotlar hozirda qo‘lingizda emasligi va buyurtma asosida do‘kondan olib yuborishingizni oldindan ochiq-oydin bayon qilsangiz — bu holat joiz bo‘ladi. Chunki bu yerda mijoz aldangan bo‘lmaydi, u sizning qanday ishlayotganingizni bilib turib rozilik bildiradi.

Muhimi — mijozga:

  • Mahsulot hozir sizda emasligi,

  • Buyurtma asosida olib yuborilishini,

  • Yetkazish vaqti va shartlari haqida aniq ogohlantirish bergan bo‘lsangiz, bu savdo halol bo‘ladi.

Agar biror sabablarga ko‘ra mahsulotni olib yuborolmasangiz, albatta mijozga bu haqda aytib, pulini qaytarib berishingiz lozim.

Vallāhu a‘lam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Mashina savdosiga oid savol.

    July 12, 2025
  • Zargar bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomalar: Ish haqi, komissiya asosida savdo va zakalat orqali band qilishning shar’iy hukmi.

    May 31, 2025
  • O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

    May 15, 2025
  • Xitoy onlayn savdo saytlaridan tovar xarid qilish shar’an joizmi?

    May 15, 2025
  • Tovarlarni naqdga arzonroq, nasiyaga esa qimmatroq sotish mumkinmi?

    May 15, 2025
  • Xo‘jalik mollari do‘koni ochishda qanday yo’l tutish kerak.

    April 21, 2025