Ba’zi davlatlarda dindor ulamolarning ma’ruzalarini tarqatish jinoyat hisoblanadi. Hozirda huquq-tartibot xodimlari masjidlarda soqoli bor, namoz o‘qiydiganlarni kuzatib, ularning telefonlarini tekshiradi. Telefonida diniy ma’ruza bo‘lsa, odamlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Shu sababli odamlar diniy ma’ruzalarni bir-biriga ulashishga qo‘rqyapti. Yubormasa, iymon so‘nadi, yuborsa — o‘ziga yoki boshqalarga zarar yetishi mumkin. Bunday vaziyatda nima qilishimiz kerak?