Ustoz, biz uch sherik Rossiyada savdo qilamiz. Har olti oyda bir marta reviziya (hisob-kitob) qilamiz. Har safar hisob-kitob qilganimizda sheriklarimning pulidan hech narsa qolmagan bo‘ladi, ba’zan hatto bir-ikki million rublgacha zarar (minus)ga ham kirib qolishadi. O‘rtada faqat mening pulim aylanyapti. Shu holatda kelgan foydani teng — uchga bo‘lish to‘g‘rimi?
Yoki “Alloh baraka bersin” deb bag‘rikenglik bilan shunday davom ettirish ma’qulmi? Axir qarindosh-urug‘miz, shunchaki bu dunyo sababli oramiz buzilmasin, deb o‘ylayman.