Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Imomlikka o’tishdan avval niyatni qanday xolis qilish mumkin?

Imomlikka o’tishdan avval niyatni qanday xolis qilish mumkin?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Imomlikka o‘tishdan oldin shayton “sen endi hammadan afzalsan” degan vasvasalar bilan yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. Shunday paytda qanday niyat qilinsa, bu ish Alloh uchun, ixlos bilan bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ilm bilan niyatni to‘g‘rilang, Allohga panoh tilang va vasvasaga ergashmang. Imomlik — faxrlanish emas, mas’uliyatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu holat juda tabiiy. Imomlikka chiqqan odamga shayton “sen endi ustun bo‘lding, hammani ortda qoldirding” degan vasvasalarni olib kelishi mumkin. Bunday vaqtda eng muhim narsa — ma’suliyatni eslash va ilmga asoslanish.

Ixlos — to‘g‘ri niyat — bu darhol paydo bo‘ladigan holat emas, u ilm bilan, siddiq (rostgo‘ylik) bilan keladi. Odam avvalo o‘zi qilayotgan amalni kim uchun qilayotganini tushunib olishi kerak:

  • Men bu amalni kim uchun qilyapman?

  • Men o‘zim kimman?

  • Va men qilayotgan bu amal Allohning huzurida maqbulmi yoki yo‘qmi?

Agar inson qilayotgan amali haqida chuqur o‘ylasa, u holda faxrlanish yoki riyo qilish emas, balki xijolat hissi paydo bo‘ladi: “Men shu holatda Allohning huzurida turishga loyiqmanmi?” deb o‘zini hisob-kitob qiladi. Aynan shu tushuncha — ixlosning boshlanishidir.

Shuning uchun, eng to‘g‘ri yo‘l — ilm olish, ayniqsa ibodatni kimga va qanday niyatda qilinishi haqida. Masalan, Ibn Qayyim rahimahullohning “Kitāb aṣ-Ṣalāh” asarini o‘rgansangiz, namozning ma’nosi, ruhiy holati haqida chuqur tushuncha hosil qilasiz. Biz ham shu kitob bo‘yicha dars qilganmiz, foydali bo‘lgan, alhamdulillah.

Bu tushunchalar insonni kibr, riyo, faxrlanishdan saqlaydi. Aksincha, odam: “Qilayotgan amalim shu bo‘ladimi, Allohga loyiq holatdamanmi?” deb hijolat bo‘ladi. Bu — to‘g‘ri ilmning foydasidir.

Shuningdek, shaytonning vasvasalaridan Allohga panoh tilang. U doim kelib, “riyo qilyapsan”, “kibr qilyapsan” deb qalbingizni bezovta qiladi. Bunga qarshi shunday deyavering:

“Men riyo qilmayapman, bu amalim Alloh uchun, qo‘limdan kelganicha to‘g‘ri qilishga harakat qilyapman.”

Vasvasa boshlanishida biroz qiyinchilik bo‘ladi, lekin unga ergashmay, duo va sabr bilan davom etilsa, shayton asta-sekin chekinadi.


Xulosa:
Imomlik niyatida ilm, ixlos, tavozu, va duo bo‘lishi kerak. Shaytonning vasvasasiga quloq solmang. Niyatni to‘g‘rilang va davom eting.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir nechta ijozali talaba imomlikni xohlamasa, ulardan kim imomlikka haqli?

    July 1, 2025
  • Imom namozda kiyimidagi najosatni sezib qolsa nima qiladi?

    July 1, 2025
  • Ayol kishi paypoqsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?

    July 1, 2025
  • G‘usl vojibligini bilmasdan bir yil namoz o‘qilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

    June 30, 2025
  • Bola tug‘ilganidan 60 kun o‘tdi, hali sarg‘ish suyuqlik kelmoqda. Bu nifosga kiradimi?

    June 29, 2025
  • Bir tanishimning eri juma namozga chiqadi, lekin besh vaqt namozni o’qimaydi. Bu holatning hukmi qanday?

    June 26, 2025