Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Aqida >Farzandim bilan e’tiqod masalasida kelisha olmayapmiz, nima qilay?

Farzandim bilan e’tiqod masalasida kelisha olmayapmiz, nima qilay?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

O‘g‘lim Qozon shahridagi Islom universitetida o‘qigan. U yerda ularga “Allohga makon nisbat bermaymiz” deb o‘rgatilgan ekan. Men o‘sha paytda aqida ilmidan bexabar edim. Endi esa e’tiqod ilmini o‘rganib, “Alloh osmonda” deb ishonaman. Shu sababli oramizda tortishuvlar bo‘lyapti, muomalamiz buzilib ketayapti.

Meni radikalsiz, vahobiysiz deb gaplarimni qabul qilmayapti. Men qanday yo‘l tutay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tortishmang, duo qiling. Hidoyatni faqat Alloh beradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda eng to‘g‘ri yo‘l — tortishmaslik. Siz hozir bu masalada tortishishga tayyor bo‘lmagan odamsiz. Bunday tortishuvlar ko‘pincha fitna va munosabatlarning buzilishiga olib keladi.

Shuning uchun, eng yaxshisi — Allohga chin yurakdan duo qiling. Allohdan o‘g‘lingiz uchun hidoyat, haqiqatni anglash, va qalbining ochilishini so‘rang. Alloh Subhānahu va Ta‘ālā O‘zini tanitib qo‘ysin unga.

Siz onasizmi yoki otamisiz — ota-onaning duosi, ayniqsa farzand uchun, ijobat bo‘lishi umid qilinadigan eng katta vositadir.

Quyidagilarga amal qiling:

  • Sahar paytlarida turib duo qiling,

  • Kechaning oxirgi uchdan birida ibodat va iltijo qiling,

  • Juma kuni duo ijobat bo‘lishi umid qilingan vaqtlarda duo qilishga harakat qiling.

Tortishmang. Hidoyatni faqat Alloh beradi. Siz sabr qiling, chiroyli muomala qiling va duoni davom ettiring. Alloh taolo O‘zi uni hidoyatlaydi, agar qalbida samimiyat bo‘lsa.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • “Kichik shirk dinidan chiqarmaydi” degan odam kofir bo‘ladimi?

    May 21, 2025
  • Mazhablar tarihi va tafsiri

    May 7, 2025
  • “Opam oyatni inkor qilib, kofir bo‘ldimi?”

    May 4, 2025
  • Allohning qo‘li deyilganda ko‘z oldimga inson qo‘li keladi. Bu gunohmi va bundan qanday qutulaman?

    May 3, 2025
  • Erning ruxsatisiz ayol kishi darslar eshitish mumkinmi?

    April 20, 2025
  • Tavhid birinchi bo‘lib kim tomonidan uch qismga taqsimlangan?

    January 25, 2025