Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Ustoz, sovuq joyda ishlayman. Asr vaqtida boshqa imkon bo‘lmaganda hojatxonada, qibla teskari tomonda namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Ustoz, sovuq joyda ishlayman. Asr vaqtida boshqa imkon bo‘lmaganda hojatxonada, qibla teskari tomonda namoz o‘qisam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 25, 2025

Savol :

Ustoz, men hozir sovuq hududda ishlayapman. Ko‘pincha asr namozini vaqtida o‘qishga joy topilmaydi. Bilamanki, hojatxonada namoz o‘qish joiz emas. Lekin boshqa imkon bo‘lmay qoladi. Bizda hojatxona taxminan 2.5 ga 2.5 metr, qibla esa hojat chiqariladigan jihozga qarama-qarshi tomonda. Men o‘sha joydan biroz narida, ya’ni taxminan yarim metr uzoqlikda namoz o‘qisam, bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida hojatxonada namoz o‘qish joiz emas. Ammo agar boshqa mutlaqo imkon bo‘lmasa, joy toza bo‘lsa (ya’ni najosat yo‘q, qibla tomoni hojat chiqariladigan joyga to‘g‘ri kelmasa), va ehtiyoj kuchli bo‘lsa – o‘sha joyda o‘qishga ruxsat beriladi. Biroq iloji boricha ochiq havoda, qor ustida bo‘lsa ham, joy-namoz solib, tezda namoz o‘qish afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida, hojatxonada namoz o‘qish to‘g‘ri emas. Bu joylar najosat chiqadigan, nopok joylar bo‘lgani uchun ular namoz uchun yaroqsiz sanaladi. Qanday bo‘lmasin, odam ovqatni hojatxonada yemagani kabi, namozni ham boshqa toza joyda o‘qishga harakat qilishi kerak.

Sovuq bo‘lsa ham, inson o‘ziga sovuqqa mos kiyim kiyadi, ehtiyot choralarini ko‘radi. Xuddi shunday, o‘zingiz bilan nam o‘tkazmaydigan joy-namoz olib yuring. Agar ochiq havoda bo‘lsa ham, qor ustida yoki betonda o‘sha joynamozni yozib, tezda namozni o‘qib olish mumkin. Ayniqsa, musofir bo‘lsangiz, asrni ikki rakat qilib o‘qishingiz mumkin.

Agar imkon bo‘lmasa va hojatxonaning ichki holati toza bo‘lsa – ya’ni hojat chiqariladigan joydan uzoqda, silliq kafel qoplangan, najosat yo‘q joy bo‘lsa – shartli ehtiyoj sababli o‘sha joyda o‘qish ruxsat etilishi mumkin. Ayniqsa, qibla hojat chiqariladigan tomonga to‘g‘ri kelmasa, bu holat biroz yengillashadi.

Shu bilan birga, ish joyingizda ovqatlanadigan, dam oladigan biror burchak bo‘lsa, ana o‘sha joyda, ehtiyot choralarini ko‘rib, namoz o‘qish uchun imkon yaratishga harakat qiling. Joyingizni oldindan belgilab, uni pok saqlashga harakat qilsangiz, bu sizga har kuni namozni xotirjam o‘qishga yordam beradi.

Xulosa: Hojatxonada namoz o‘qish eng so‘nggi zarurat holatida, toza joy bo‘lsa, ehtiyoj uchun ruxsat etiladi. Lekin imkon bo‘lsa, tashqarida, joy-namozda, tezda o‘qib olish eng afzal yo‘ldir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026