Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Sehrlangan deb taxmin qilinayotgan qizni namoz o‘qimaydigan va to‘yida aroq qo‘yadigan oilaga berish to‘g‘rimi?

Sehrlangan deb taxmin qilinayotgan qizni namoz o‘qimaydigan va to‘yida aroq qo‘yadigan oilaga berish to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 21, 2025

Savol :

Ustoz, xolamning 24 yoshli qizi bor. Ancha vaqtdan beri u sehrlangan, deyishadi. Bir yil oldin u bir yigitga turmushga chiqmoqchi edi, lekin to‘yga bir oy qolganida kuyov tomon qizning sehrlanganini bilib qolib, to‘y bekor bo‘ldi. Chunki qiz o‘zidan o‘zi kulib yuborish, g‘alati harakatlar qilish kabi holatlarni ko‘rsatardi. Ruqya qilishdi, har xil davolash ishlari bo‘ldi, lekin hanuz ta’siri bor.

Yaqinda yana bir sovchi keldi. Ammo bu oila namoz o‘qimas, ayollari hijobda emas. Xolamning oilasi esa taqvoli, hijobli oiladir. Nega bunday oilaga rozilik berayotganini bilmadim, lekin xolam “qizim qanday bo‘lsa ham erga tegsa bo‘ldi”, deb turibdi. To‘y ham islomiy bo‘lmayapti, hatto aroq qo‘yilarkan. Biz bu ishdan ularni qaytarmoqchi bo‘ldik, lekin foyda bo‘lmadi. Ustoz, bu qaror to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu ish noto‘g‘ri, shariatga ziddir. Namoz o‘qimaydigan, ayollari hijob o‘ramaydigan, to‘yida aroq bo‘ladigan, umuman, shariatsiz yashaydigan bir oilaga qiz berish — bu unga zulm qilishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu ish noto‘g‘ri, shariatga ziddir. Namoz o‘qimaydigan, ayollari hijob o‘ramaydigan, to‘yida aroq bo‘ladigan, umuman, shariatsiz yashaydigan bir oilaga qiz berish — bu unga zulm qilishdir.

Alloh taolo Qur’onda aytgan:

“Tayyib (pokiza) ayollar toyyib erkaklar uchundir.”
Bu – axloqiy muvofiqlik tamoyili. Taqvoli, diniy tarbiyada ulg‘aygan bir qizni shariatga zid hayot kechirayotgan odamlarga berish – unga diniy va axloqiy tazyiq keltiradi.

Agar xolangiz:

“Faqat erga tegsin, qanday bo‘lsa ham farqi yo‘q,” deb qaror qilgan bo‘lsa, bu kalta fikrlikdir. Chunki bu faqat bugungi kunni o‘ylab, ertangi oqibatni hisobga olmaslikdir. Ertaga bu qiz qanday muhitga tushadi? Diniy e’tiqodini saqlab qola oladimi? Qaynonasi yoki eri unga hijob o‘rashga ruxsat beradimi? Namozini ado qila oladimi?

Ba’zida uylanmagan holda yurgani afzal bo‘ladigan holatlar bo‘ladi. Har qanday holatda ham “faqat erga tegsin” degan qarash noto‘g‘ridir.

Alloh taolo aytadi:

“Kim Allohdan taqvo qilsa, U unga chiqish yo‘lini ko‘rsatadi va unga kutilmagan joydan rizq beradi.”
(Talaq surasi, 2–3-oyatlar)

Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l – taqvo, sabr va shoshmaslikdir. Ne’matga ma’siyat bilan yetib bo‘lmaydi. Allohga tavakkal qilish va Uning roziligiga zid bo‘lmagan yo‘l bilan ish tutish kerak.


Xulosa:

  • Qizni dinni e’tiborga olmaydigan oilaga uzatish – katta xato.

  • To‘yda harom narsalar (masalan, aroq) bo‘lsa – bu yana og‘irroq gunohdir.

  • Taqvo qilinsa, Alloh taolo o‘zi halol va yaxshiroq yo‘l ochadi.

  • Shoshmasdan, maslahat bilan, Alloh roziligi asosida qaror qilish lozim.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ko’pxotinlilikda adolat borasida shartlashishga oid savol.

    July 1, 2025
  • Ayolga nifos davrida aytilgan taloq o‘tadimi?

    June 30, 2025
  • Erim: “Sendan rozi emasman, Allohga qasam” dedi. Bu qasamga kafforat kerakmi?

    June 30, 2025
  • Er, xotiniga hayz holatida yoki poklanishdan oldin uchinchi taloq bersa, taloq tushadimi?

    June 29, 2025
  • Idda paytida aytilgan taloq tushadimi?

    June 28, 2025
  • Erim farzand ko‘ra olmasligini mendan yashirgan. Ajrashsam bo‘ladimi?

    June 27, 2025