Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Soch oldirishning shariatdagi hukmi

Soch oldirishning shariatdagi hukmi

Nashr sanasi: June 17, 2025

Savol :

Ustoz, men Ibn Qayyim rahimahullohning soch qirish to‘g‘risidagi gaplarini o‘qib qoldim. Soch oldirish uch xil bo‘lar ekan: qurbonlik va toat uchun, bid’at va shirk uchun, ehtiyoj va davo uchun. Men asosan yoz faslida sochimni qirdirib yuraman. Sochim yog‘li, boshimga yaralar chiqib turadi. Sochimni oldirsam, havo tegib, yaralar biroz quriydi.
Men shunday qilib yursam, gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Soch oldirish shariatda qat’iy hukmga ega emas. Shayx Ibn Qayyim aytganlaridek, soch oldirish ibodat hisoblanadi. Hajda yoki umrada soch oldirish orqali Alloh taologa toat qilinadi. Agar kimdir Rasululloh ﷺ kabi niyat bilan soch qo‘ysa, sunnat amalini bajargan bo‘ladi va ajr oladi. Agar kimdir sochini ehtiyoj sababli — sog‘lig‘i uchun yoki odatga binoan oldirsa, bu joizdir. Ammo kimdir bu ishni ibodat deb qilsa bu shirk va xurofotga kiradi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Haqiqatda, Shayx Ibn Qayyim aytganlaridek, soch oldirish ibodat hisoblanadi — bu, masalan, haj va umrada bo‘ladi. Hajda yoki umrada soch oldirish orqali Alloh taologa toat qilinadi. Bu — ibodatning bir turi.

Ikkinchi turi — bid’at va shirk yo‘lida soch oldirish. Masalan, ba’zi kishilar o‘zlarini kal qilib yurishni ibodat deb bilishadi, yoki bu ishni butparastona niyatlar bilan qilishadi. Bu — nojoiz holat.

Uchinchi holat esa — ehtiyoj yoki odat sababli soch oldirish. Sizning holatingiz aynan shu toifaga kiradi. O‘zingiz aytib o‘tgansiz: sochingiz yog‘li, yara chiqadi, shuning uchun yengillik bo‘lishi uchun oldirasiz. Bu — shariatda ruxsat etilgan holat.

Ba’zi yoshi katta kishilar ham doimiy ravishda sochini oldirib yurishadi. Chunki ular salla o‘rashadi, bosh kiyim kiyishadi va shuning uchun sochni olib yurish odat tusiga kirgan. Bu urf-odatga bog‘liq masala.

Arab o‘lkalarida esa ko‘pchilik erkaklar soch qo‘yib yurishgan. Rasululloh ﷺ va sahobalarning ham sochlari bo‘lgan. Rasululloh ﷺ faqatgina haj yoki umra kabi ibodatlarda sochlarini oldirganlar. Aksariyat vaqtlarda sochlari yelkalariga tushadigan uzunlikda bo‘lgan.

Agar kimdir Rasululloh ﷺ kabi niyat bilan soch qo‘ysa, sunnat amalini bajargan bo‘ladi va ajr oladi. Ammo kimdir sochini olib tashlasa, “sunnatga xilof qildi” deyilmaydi. Chunki bu — urf-odatga bog‘liq ish.

Kiyim kiyishdagi uslublar qanday bo‘lsa, soch tarzi ham shunday: shariatda qat’iy hukm emas. Lekin soqol esa bundan farq qiladi. Rasululloh ﷺ soqol qo‘yishni buyurganlar: “Mo‘ylovni qisqartiringlar, soqolni qo‘yinglar,” deganlar. Shuning uchun soqol qo‘yish — ibodat, soch esa urf-odat.

Xulosa qilib aytganda, agar kimdir sochini ehtiyoj sababli — sog‘lig‘i uchun yoki odatga binoan oldirsa, bu joizdir va hech qanday gunoh emas. Ammo kimdir bu ishni ibodat deb, masalan, qabrlarga yoki buloqlarga borib, soch oldirsa, yoki sochini shifobaxsh deb daraxtlarga bog‘lasa, bu shirk va xurofotga kiradi.

Lekin siz aytgandek, oddiy ehtiyoj sababli, yengillik uchun soch oldirishda mutlaqo zarar yo‘q. Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025
  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025