Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bilib, bilmasdan shayton va nafsning yo’liga kirib qolgan odam, bu holatdan chiqib ketishi uchun nima qilishi kerak?

Bilib, bilmasdan shayton va nafsning yo’liga kirib qolgan odam, bu holatdan chiqib ketishi uchun nima qilishi kerak?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ustoz, ba’zi yigitlar borki, Allohning tavfiqi bilan Islomni tushunib, dinni o‘rganishga kirishadi. Qur’onni yod oladi, boshlang‘ich ilmlarni o‘rganadi, qanchadir muddat taqvo ustida yurib, ibodat lazzatini topadi. Lekin Alloh ularga sinov tariqasidami yoki o‘z gunohlari sabablimi — bir baloni yuboradi. Balo ba’zilar uchun qamoq ko‘rinishida, ba’zilar uchun esa vataniga qaytganidan keyin o‘sha yerda qolib ketish holatida bo‘ladi.

Shunday holatda, bir vaqtlar taqvodor bo‘lgan, ilm yo‘lida ishtiyoq bilan yurgan talaba turli illatlarga giriftor bo‘ladi. Internet orqali pinhona buzuq narsalarni ko‘ra boshlaydi. U buni Allohdan qo‘rqmagani uchun emas, balki nafsini boshqara olmayotgani va shaytonga yengilayotganidan qiladi.

Bu ish katta gunoh ekanini, bu holatdan chiqish yo‘li uylanish ekanini bilsa-da, iloji bo‘lmaydi. Har safar Alloh rahmli Zot ekanini bilib tavba qiladi, ammo bir muddat o‘tib yana shu ishni qilib qo‘yadi. U yigit Allohning dinini o‘rganishni va boshqalarga o‘rgatishni istaydi. Lekin shayton undan foyda chiqmasligini aytib, uni boshqa kasb tanlashga undaydi.

Bunday holatga tushgan kishi nima qilishi kerak? Nima qilsa, Alloh uni bu illatdan saqlaydi? Nima qilsa, shayton va nafsni yengadi?

Ustoz, shu kabi holatdagi birodarlarga tavsiya va maslahatlar bersangiz, ularning haqqiga duo qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu hayot bir urush maydonidir. Bu hayotga kelgan odam urushga kirgan hisoblanadi. Bu maydonda “bu johil, bu olim” degan istisnolar yo‘q. Bundan faqat aqli zaif odamlar va yosh bolalar mustasno. Shuning uchun bu urushda saqlanish uchun kuchli qurol kerak. Bu qurol — Allohning zikri va foydali ilm. Kim foydali ilm egasi bo‘lsa, Allohning tavfiqi bilan bu urushdan salomat chiqadi. Bu foydali ilmni to‘g‘ri joydan, to‘g‘ri yo‘ldan o‘rganish kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, va ba’d.

Bu savol — butun bashariyatning g‘ami, butun insoniyatning savolidir, aslida.

Ba’zi odamlar ilm talab qiladi, ilm oladi, lekin keyin unga amal qilmaydi. Shunda odamlar: “Ilm olgan bo‘lsa ham, amal qilmayapti,” deb gapira boshlaydi. Go‘yo amal qilish faqat ilm olganlarga xosdek. Aslida, biz mo‘minmizmi, kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar, hammamiz amal qilishimiz kerak.

Ba’zilar o‘zini go‘yoki “neytral” odam deb tasavvur qiladi-da, boshqalarga baho bera boshlaydi: “Bu tolibi ilm bo‘la turib, bunday qilyapti, bu olim odam bo‘la turib, u qilyapti…” U esa o‘ziga kelganda: “Biz-ku mayli endi,” deydi. Bu nima degani? “Biz-ku mayli,” degani — “bo‘ldi, biz do‘zaxlikmiz,” degani emasmi? Yoki “biz kofirmiz,” degani emasmi?

O‘zini johil deb tan olib, boshqalarni hukm qilish — bu shaytonning hiylasi. Shuning uchun bilishimiz kerak: bu hayot bir urush maydonidir. Bu hayotga kelgan odam urushga kirgan hisoblanadi. Bu maydonda “bu johil, bu olim” degan istisnolar yo‘q. Faqat aqli joyida bo‘lmagan yoki yosh bola bo‘lsa — boshqa gap.

Bu urushda zarbadan hech kim omon qolmaydi. Kimgadir o‘q tegadi, kimgadir chang tegadi, kimgadir tepkini yeydi. Kimdir ko‘proq ozuqa olib sal olg‘a siljiydi, lekin u ham oxirida yiqiladi. Shuning uchun bu urushda saqlanish uchun kuchli qurol kerak. Bu qurol — Allohning zikri va foydali ilm.

Kim foydali ilm egasi bo‘lsa, Allohning tavfiqi bilan bu urushdan salomat chiqadi. Bo‘lmasa, shaytonga o‘lja bo‘lib qoladi. Bu jang kim bilan? Shayton bilan, o‘zimizdagi nafs bilan, shahvatlar bilan, inson qiyofasidagi shaytonlar bilan. Atrof-muhitdagi yomon do‘stlar, zolimlar bilan kurash.

Bu kurashda ko‘pchilik qulab tushadi. Ulardan biri — o‘sha tolibi ilm ham bo‘lishi mumkin. Bu holatda insonni faqat mustahkam qalb, salomat qalb saqlab qoladi. Qiyomat kuni farzandlar ham, mol-dunyo ham foyda bermaydi. Faqat kim salomat qalb bilan Alloh huzuriga borsa, najot topadi.

Fitnalar qalblarga xuddi to‘shakning novdasidek birin-ketin keladi. Rasululloh ﷺ aytganlaridek, kim ularni qabul qilsa, qalbida qora nuqta hosil bo‘ladi. Qabul qila-qila qalb qop-qora bo‘ladi. Kim ularni rad etsa, qalbi oppoq, marmardek bo‘ladi. Natijada qalblar ikki xilga bo‘linadi: biri timqora, biri tim-oq qalb.

Salomat qalbni qanday hosil qilamiz? Bu juda keng va chuqur mavzu. Biz bu haqida darsliklar qilganmiz. “Fitna va uning qalbga ta’siri” mavzusidagi darslarimizni eshiting. Qanday qilib turib bu fitnalardan saqlanamiz, qanday qilib o‘zimizni to‘g‘ri yo‘lga solamiz?

Yechim — to‘g‘ri ilm o‘rganishda. Bu foydali ilm — ilmun nafi’, ya’ni insonning dunyosiga ham, oxiratiga ham foyda beradigan ilm. Buni to‘g‘ri joydan, to‘g‘ri yo‘ldan o‘rganish kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025
  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025