Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Jahannamga hamma bir marta bo‘lsa ham kiradimi?

Jahannamga hamma bir marta bo‘lsa ham kiradimi?

Nashr sanasi: June 14, 2025

Savol :

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir ayol domlaga: “Jahannamga hamma bir marta bo‘lsa ham kiradimi?” deb savol berdi. Domla: “Ha, hamma bir bor kiradi”, deb javob berdi. Shundan beri shayton qalbimga umidsizlik solmoqda. “Tavba qilsang ham, baribir bir marta jahannamga kirasan”, deb vasvasa qiladi. Axir jahannamda bir soniya turishga ham toqatimiz yetmaydi-ku!

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Allohning “Sizlardan har biringiz, albatta, unga (jahannamga) boruvchidir. Bu, Parvardigoring uchun qat’iy hukm qilingan narsadir” degan oyatida, har bir odamning jahannamga yaqinlashishi nazarda tutilgan. Ba’zi mufassirlar bu oyatni Sirot ko‘prigidan o‘tish deb tafsir qilganlar. Ya’ni Sirot ko‘prigi jahannam ustiga qurilgan bo‘ladi. Barcha insonlar, hatto payg‘ambarlar ham undan o‘tishadi. Bu o‘tish jahannamga kirish emas, jahannam ustidan o‘tishdir. Uning narigi tomoni esa jannatga olib boradi. Mo‘min kishi Allohning fazli bilan bu ko‘prikdan omon o‘tadi.

Bismillah, alhamdulillahi, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi, amma ba’d.

Bu juda yaxshi va muhim savol. Ko‘pchilik odamlar, jumladan salaf solihlar va hatto sahobalar ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘raganlar. Chunki Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

“Va in minkum illa waariduha. Kàna ‘alà rabbika hatman maqdiyyaa”
(Maryam surasi, 71-oyat)

وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتْمًۭا مَّقْضِيًّۭا ٧١

“Sizlardan har biringiz, albatta, unga (jahannamga) boruvchidir. Bu, Parvardigoring uchun qat’iy hukm qilingan narsadir.”

Bu oyatda “waarid” so‘zi ishlatilgan. Arab tilida “vurud” degani – suv boshiga borish, ya’ni suvning oldiga kelish degan ma’noni anglatadi. Masalan, bir odam anhor bo‘yiga kelib, u yerdan suv ichmoqchi bo‘lsa, bu holat arab tilida “vurud” deb aytiladi. Bu so‘z aynan kirib ketishni emas, yaqinlashishni, oldiga borishni bildiradi.

Shu ma’noni olgan holda, Allohning “waariduha” degani – “jahannamning oldiga boradi”, deb tushuniladi. Bu jahannamga ichkaridan joy oladi, degani emas.

Ba’zi mufassirlar bu oyatni Sirot ko‘prigidan o‘tish deb tafsir qilganlar. Ya’ni Sirot ko‘prigi jahannam ustiga qurilgan bo‘ladi. Barcha insonlar, hatto payg‘ambarlar ham undan o‘tishadi. Uning narigi tomoni esa jannatga olib boradi. Bu o‘tish holati kimga qanday bo‘lishi – u kishining iymoni va amallariga bog‘liq:

Kimdir ko‘z ochib yumguncha o‘tadi,

Kimdir shamol tezligida,

Kimdir chopqir ot tezligida,

Kimdir yugurgandek,

Kimdir yurib,

Kimdir emaklab,

Kimdir esa sudralib o‘tadi.

Bu yerda eng muhim narsa – o‘tib ketish. Mo‘min kishi Allohning fazli bilan bu ko‘prikdan omon o‘tadi. Bu o‘tish jahannamga kirish emas, jahannam ustidan o‘tishdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha kunda shunday duo qiladilar: “Robbim, salomatlik ato etgin! Robbim, salomatlik ato etgin!” Bu duo sirot ustidan omon o‘tish uchun qilingan eng yuksak duolardan biridir.

Mo‘min kishi uchun bu holat tandir oldidan o‘tayotgandek bo‘ladi – ya’ni u issiqlikni sezadi, lekin unga zarar yetmaydi. Bu esa jahannamga kirib chiqish emas, undan najot topganidan darak beradi.

Bundan tashqari, Qur’onda mo‘minlar haqida Alloh taolo marhamat qiladi:

“Là khawfun ‘alayhim wa là hum yahzanun”
“Ular uchun qo‘rquv ham, g‘am-ham bo‘lmaydi.”

Bu oyatlar shuni anglatadiki, mo‘minlarga o‘lim paytida farishtalar kelib, jannat bashorati berishadi. Ular do‘zaxga kirishlari kerak degan tushuncha bu oyatlarga ziddir.

Shunday ekan, Qur’ondagi “waariduha” oyatini “jahannamga kirish” deb emas, balki jahannamga yaqinlashish, uning ustidan o‘tish deb tushunish lozim. Bu holat mo‘min uchun rahmatga sabab bo‘ladi – u qayerdan najot topganini ko‘radi, Allohga shukr qiladi. Shu sababli ham, mo‘min jannatga kirganda: “Allohga hamd bo‘lsin, bizni mana shu joyga yetkazdi”, deb shukr aytadi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025
  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025