Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Olgan zakot pulidan, ayolining roziligi bilan mahr pulini yarmini berib yarmini ro’zg’orga ishlatgan bo’lsa zakot puli halol bo‘lganmi?

Olgan zakot pulidan, ayolining roziligi bilan mahr pulini yarmini berib yarmini ro’zg’orga ishlatgan bo’lsa zakot puli halol bo‘lganmi?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :

Ustoz, ayolimdan mahr qarzim bor edi. Zakot beruvchilar: “Kimning qarzi bo‘lsa, aytsin — qarzini uzishga zakot beramiz”, deyishgan edi. Men esa ancha vaqtdan beri mahr pulini bera olmaganim uchun: “Mening falon miqdorda qarzim bor”, deb aytdim.
O‘sha aytilgan miqdordagi pulni oldim va ayolimga to‘liq holda berish uchun uning oldiga bordim. Pulni ayolimga berishdan oldin undan so‘radim: “Agar mahr pulining yarmini kechishga rozi bo‘lsang, shunday qil. Istasang hammasini beraman, yarmidan kechsang, yarmini beraman. Nima deysan?” — dedim.
Ayolim: “Mayli, yarmini beraqoling, qolganiga roziman”, — dedi. Men esa yarmini berdim va qolgan qismini ro‘zg‘orga ishlatdim. Endi savolim: bu pul menga halol bo‘lganmi? Yoki zakot berganlarga, ayolim kechirgan mahr miqdorini qaytarib berishim kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda sizga qaytgan pul ayolingizning sizga qilgan hadyasi bo‘ladi. Demak, agar shunday yo‘l bilan bo‘lgan bo‘lsa, zakot o‘z joyiga tushgan bo‘ladi, qarz egasiga (ayolingizga) yetkazilgan bo‘ladi va bu narsa halol hisoblanadi.

Xo‘p, bu masalada fiqhda bir masala bor: ya’ni, o‘sha qarzdan kechish hadyami yoki isqotmi (ya’ni qarzni yo‘qqa chiqarishmi) degan savol bor. Agar bu holatni hadya deb olsak, xotin uni go‘yoki olib, keyin sizga hadya qilib bergandek bo‘ladi.

Masalan, zakot beruvchilar sizga qarzga deb 1000 so‘m bergan bo‘lsa, siz ham uni qarz egasiga — ya’ni ayolingizga — olib borib berdingiz. U undan 500 so‘mini olib, qolgan 500 so‘mini: “Senga hadya qildim”, — desa, bu pul o‘z joyiga tushadi. Siz ularni qarzni to‘lash uchun olgansiz, va qarz egasiga topshirgansiz. Ayolingiz esa yarmini sizga qaytargan.

Bu holatda sizga qaytgan pul ayolingizning sizga qilgan hadyasi bo‘ladi. Demak, agar shunday yo‘l bilan bo‘lgan bo‘lsa, bu narsa halol hisoblanadi. Chunki siz borib: “Men sizlardan qarz uchun olgandim, ayolim esa yarim mahridan kechdi”, deb ularga aytish shart emas. Axir ular zakotni o‘z ixtiyorlari bilan bergan, siz esa uni qarz uchun ishlatgansiz — demak, joyiga tushgan.

Endi qolgan narsa siz bilan ayolingiz orasidagi masala. Siz ayolingizga: “Bu mahring”, deb pulni olib borsangiz, u ham: “Yarmini oldim, qolganini senga hadya qildim”, desa — demak bu sizga hadya bo‘ladi.

Shunday bo‘lgan taqdirda, zakot o‘z joyiga tushgan bo‘ladi, qarz egasiga (ayolingizga) pul yetkazilgan bo‘ladi va sizga qaytgan pul esa hadya hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025