Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Savdo >Xo‘jalik mollari do‘koni ochishda qanday yo’l tutish kerak.

Xo‘jalik mollari do‘koni ochishda qanday yo’l tutish kerak.

Nashr sanasi: April 21, 2025

Savol :

Ustoz, men xo‘jalik mollari do‘koni ochyapman, lekin pulim yetmayapti. Shuning uchun bir nechta kishini sherik qilib, bittasiga bo‘yoqlarni, bittasiga santexnika vositalarini, yana bittasiga esa elektr jihozlarini bo‘lib berishni niyat qildim. Ularning har biriga shu tovarlardan kelgan foydadan oylik bersam bo‘ladimi? Qanday ish qilsak, riboga kirmagan va to‘g‘ri ish qilgan bo‘lamiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday hisob-kitobni to‘liq va adolatli olib borish juda mushkul. Chunki do‘kon ichida barcha mahsulotlar birga sotiladi, daromadlar aralashadi. Qaysi mahsulot qancha foyda berganini aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz har bir sherikni muayyan tovar turiga mas’ul qilib, undan kelgan foydani alohida hisoblay olsangiz, ya’ni savdo-sotiqdan keyin qaysi mahsulotdan qancha foyda chiqqanini aniq hisoblab bera olsangiz, bu ish joiz bo‘ladi.

Lekin bunday hisob-kitobni to‘liq va adolatli olib borish juda mushkul. Chunki do‘kon ichida barcha mahsulotlar birga sotiladi, daromadlar aralashadi. Qaysi mahsulot qancha foyda berganini aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun eng to‘g‘ri va adolatga yaqin yo‘l — umumiy investitsiyani jamlab, barcha sheriklarning qo‘shgan puliga proportsional tarzda foydani taqsimlashdir. Masalan, kimdir 50 million, boshqasi 100 million qo‘shgan bo‘lsa, har oy yoki har kvartalda chiqgan foyda ularga qo‘shgan puli nisbatida bo‘linadi.

Bu usul bilan hisob-kitob ham oson bo‘ladi, kelishmovchiliklar ham oldi olinadi. Aks holda, noto‘g‘ri bo‘linish birovning haqqini yeb qo‘yish xavfini keltirib chiqaradi va bu esa harom bo‘lishi mumkin.

Agar sizda aniq va ishonchli buxgalteriya tizimi bo‘lsa va kompyuter dasturlari orqali har bir mahsulotdan qancha foyda tushganini hisoblab bera olsangiz, unda har bir sherikni o‘z sohasi bo‘yicha foydaga sherik qilish ham mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Zargar bilan mijoz o‘rtasidagi shartnomalar: Ish haqi, komissiya asosida savdo va zakalat orqali band qilishning shar’iy hukmi.

    May 31, 2025
  • O‘zi mashinani to‘liq sotib olmasdan, boshqa birovga mashina olib berish (nasiyaga yoki bo‘lib to‘lashga) joizmi?

    May 15, 2025
  • Xitoy onlayn savdo saytlaridan tovar xarid qilish shar’an joizmi?

    May 15, 2025
  • Tovarlarni naqdga arzonroq, nasiyaga esa qimmatroq sotish mumkinmi?

    May 15, 2025
  • Bozordan mol sotib olib, o‘sha joyning o‘zida foyda qo‘yib sotish.

    April 10, 2025
  • Nasiyaga mol berganda boshqa pul birligiga chaqib qo‘yish joizmi?

    March 1, 2025