Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Er zulm qilayotgan, lekin taloq ham bermay, khul’ga ham rozi bo‘lmayotgan holatda, ayolni himoya qilish va oilani hal qilish choralari qanday bo‘ladi?

Er zulm qilayotgan, lekin taloq ham bermay, khul’ga ham rozi bo‘lmayotgan holatda, ayolni himoya qilish va oilani hal qilish choralari qanday bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Er zulmkor, ayolini qattiq uradi, har narsaga qasam ichtiradi, so‘kadi. Oila qurganlariga sakkiz yil bo‘lgan, uch farzand bor. Ayol hayotdan juda to‘yganidan: “O‘zimni o‘ldiraman”, — deyishga qadar yetgan. Er taloq bermayapti, ayol khul’ (ajralish) so‘ragan, lekin er rozi emas. Ustoz, bunday holatda nima maslahat berasiz? Shu oilani saqlab qolish yoki erni isloh qilish uchun: “Agar yana uradigan bo‘lsam, xotinim taloq bo‘ladi”, — deb yozib shartnoma tuzdirsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol o‘zini o‘ldirish darajasigacha yetgan bo‘lsa, bu holatga befarq bo‘lmasdan, jiddiy choralar ko‘rilishi, zarurat bo‘lsa, erdan “yana uradigan bo‘lsam, taloq tushadi” degan shartnoma olinishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, har xil holatlar bo‘ladi. Agar ayol: “O‘zimni o‘ldiraman”, — degan darajagacha yetgan bo‘lsa, bu holatga jiddiy yondashish lozim. Bunday vaziyatda atrofdagilar befarq bo‘lmasligi, “qachon o‘zini o‘ldirarkin”, deb chetda tomoshabin bo‘lib turmasligi kerak.

Qur’onda mo‘minlar bir-birining valisidir — ya’ni himoyachisi, yordamchisidir — deb marhamat qilingan. Mo‘min kishi o‘lib qolgach janozasida qatnashishdan oldin, u hali tirik chog‘ida uning dardiga, muammosiga e’tibor berishimiz kerak.

Shu bois, bunday holatda yaqinlar, islohchi kishilar aralashib, vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqishlari lozim. Agar holat chindan og‘ir bo‘lsa, bu oilada hayr va baraka ko‘rinmayotgan bo‘lsa, ajratish haqida qaror chiqarilishi mumkin.

Shuningdek, aytayotganingizdek, erdan: “Agar yana ursam, taloq tushadi”, — degan shartni yozib olish ham mumkin. Agar u bunday hujjatga imzo chekkan bo‘lsa, keyinchalik uradigan bo‘lsa, taloqning o‘zi ro‘y beradi. Bu yo‘l bilan uni o‘zini nazorat qilishga undash mumkin.

Bu ham bir isloh usuli. Demak, bu masalada jiddiy isloh ishlari olib borilishi kerak. Muslima ayolni urish, uni ruhiy bosim ostida yashashga majburlash — og‘ir zulmdir. Bu holatga jiddiy yondashib, kerak bo‘lsa, shar’iy va huquqiy choralar ko‘rilishi lozim.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Keksa ayolning nikohlanishi, eri uning ta’minotini qilmasligi va ayolning ajralishga haqqi to’g’risida

    April 17, 2025
  • Vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazib, oilalariga e’tibor bermaydiganlar.

    April 16, 2025
  • O‘zbekistondagi nikoh o‘qish tartibi

    April 15, 2025
  • Taloq berish va qaytarib olishning shartlari

    April 14, 2025
  • Din yo‘lida qamalib chiqqanman, hozir chet elda tushkunlikda yashayapman, ikki marta ajrashdim, farzandlarimni ko‘ra olmayapman — iltimos, nasihat bering.

    April 14, 2025
  • Botil Nikoh va Mahr

    April 13, 2025