Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Bir qizni ota-onasi Qur’onni surati (ya’ni faqat yodlash yoki qiroati)ni bilgan, ammo unga amal qilmaydigan kishiga turmushga bermoqchi.

Bir qizni ota-onasi Qur’onni surati (ya’ni faqat yodlash yoki qiroati)ni bilgan, ammo unga amal qilmaydigan kishiga turmushga bermoqchi.

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Biz oilada hammamiz Qur’onni yodlaganmiz. Men ham hayotda eng muhimi Qur’onni yodlash deb o‘ylardim. Ammo ustozlarning da’vatlarini eshitib, ilm olishni boshlaganimdan so‘ng bildimki, Qur’onning ma’nosini tushunib, unga amal qilish undan ham muhim ekan.

Uyimdagilar buni tushunishmayapti. Yoshim 32 da. Meni avval qori bo‘lgan insonga turmushga berishgandi, lekin hayotim o‘xshamadi. Hozir ahli sunna aqidasidagi dindor insonlar sovchilikka kelishyapti, lekin otam ularni qori bo‘lmagani uchun rad etyapti. Aksincha, aqidasi noto‘g‘ri bo‘lgan qorilar kelsa, ularni ma’qullaydi.

Hozir jamiyatda ko‘pchilik Qur’onni yodlash va chiroyli qiroatga haddan tashqari e’tibor qaratishgan. To‘g‘ri, bu fazilatli ish, lekin Qur’onni hayotga tatbiq qilish undan ham muhimroq. Ustoz, shu borada bir nasihat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’onni yodlash fazilatli amal bo‘lsa-da, eng ustun yo‘l — uning ma’nosini anglab, unga amal qilishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Haqqatan ham Qur’onni yodlash juda ulug‘ amaldir, lekin undan ham muhimrog‘i — unga amal qilishdir. Bugungi kunda bizning eng katta ehtiyojimiz Qur’onning ruhini anglash, ma’nosini tushunish va unga muvofiq yashashdir.

Alloh taolo Qur’onni “yodlang” deb emas, “tadabbur qiling” — ya’ni fikr yuriting, anglang deb nozil qilgan. Qur’on — bu nur, bu ruh, bu hayot. Qur’on — hidoyat va rahmatdir. Ammo bu sifatlar faqat uni anglaganlar uchungina bo‘ladi.

Alloh taolo ahli kitoblar haqida aytgan:
“Ular faqatgina o‘qib o‘tirishadi, amalda esa yo‘q”, deb ularni tanqid qilgan. Demak, Qur’onni faqat tilovat qilish, lekin uning ma’nosidan bexabar bo‘lish — bu yetarli emas. Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytganlaridek:
“Qanchadan-qancha Qur’on o‘quvchilar bor, Qur’on ularni la’natlaydi.”

Nega? Chunki ular Qur’onda aytilgan zulmni qilayotgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘qiyotgan oyatida o‘zini tanimaydi, anglamaydi. Shuning uchun, sizning qilayotgan harakatingiz to‘g‘ri — Qur’onni tushunish, unga amal qilishga harakat qilayotganingiz — bu eng ustun yo‘ldir.

Alloh taolo sizga sabr va baraka bersin. Agar siz Alloh uchun sodiq bo‘lsangiz, Rasululloh ﷺ aytganlaridek:
“Agar sen Alloh uchun sodiq bo‘lsang, Alloh ham sen uchun sodiq turadi.”
(“In tasduqillāha yasduqka”).
Alloh sizga to‘g‘ri qarorlar, to‘g‘ri insonlar va to‘g‘ri hayotni nasib qilsin.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on o’qiydigan odamga shayton vasvasa qilishi.

    April 16, 2025
  • Qur’on tilovatini eshituvchi tinglovchi ham ajrda o‘quvchi bilan barobar bo‘ladimi?

    February 7, 2025
  • Qur’onni tahoratsiz o‘qish hukmi va Qur’onning kindikdan pastda turishi joizmi?

    February 5, 2025
  • Qur’onni yod olayotganda, sajda oyati kelsa, qayta-qayta sajda qilinadimi?

    February 2, 2025
  • Bomdodga azon aytilganidan keyin, iqoma aytilgunga qadar jamoat bo‘lib Qur’on o‘qishning hukmi.

    January 31, 2025
  • “Qoida Nuroniya” kitobi bo‘yicha Qur’on o‘qishni o‘rgatmoq.

    January 18, 2025