Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nafaqa talab qilish

Nafaqa talab qilish

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Erim bilan 17 yil oldin, ikki farzandim bilan ajrashganman. Erim nafaqa to‘lamagan. Endi nafaqa talab qilsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu – ijtihodiy masala. Ya’ni har bir mazhabda unga nisbatan turli qarashlar mavjud. Siz o‘zingiz uchun — ya’ni eringizdan sobiq xotin sifatida — hozir nafaqa talab qila olmaysiz. Nafaqa faqat farzandlar uchun otaning bo‘ynidagi majburiyat sanaladi. Siz hozir sud orqali nafaqa talab qilishingiz mumkin. Shariat bunga qarshi emas.

Bismillahir rohmanir rohiym. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, har kim o‘z amalining javobini oladi.

Endi farzandlaringizning o‘g‘il yoki qiz ekaniga qarab masala farqlanadi. Agar farzandlaringiz o‘g‘il bo‘lsa va 17 yil o‘tgan bo‘lsa, demak ular balog‘atga yetgan, o‘zlarini o‘zlari ta’minlashi kerak. Bu holatda o‘tgan ish o‘tib bo‘lgan hisoblanadi.

Ammo agar farzandlaringiz qiz bo‘lsa, turmushga chiqmaguncha ota ularni moddiy jihatdan ta’minlashi, ya’ni nafaqa berishi kerak. Shu sababli siz ularga nisbatan nafaqa talab qilishingiz mumkin.

Lekin o‘zingiz uchun — ya’ni eringizdan sobiq xotin sifatida — hozir nafaqa talab qila olmaysiz. Nafaqa faqat farzandlar uchun otaning bo‘ynidagi majburiyati sanaladi.

Agar siz o‘tgan 17 yil ichidagi nafaqani ham talab qilmoqchi bo‘lsangiz, bu masalada fiqhda turli qarashlar mavjud. Ba’zi ulamolar: “Berilishi kerak, bu nafaqa hech qachon soqit bo‘lmaydi, doim otaning zimmasida bo‘ladi”, deydilar. Hanafiy mazhab ulamolari esa: “Agar o‘sha paytda qozilik tomonidan nafaqa miqdori belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, o‘tgan kunlarning nafaqasi soqit bo‘ladi”, deganlar.

Shofe’iy mazhabida ham bu borada ikki xil qarash mavjud. Ba’zilar: “Yo‘q, u nafaqa otaning zimmasida qoladi, vaqt o‘tgan bo‘lsa ham berilishi kerak”, deyishadi.

Xullas, bu – ijtihodiy masala. Ya’ni har bir mazhabda unga nisbatan turli qarashlar mavjud.

17 yil davomida nafaqa bermagan odam hozir birdaniga nafaqa to‘larmikin, deb ajablanaman. 17 yillik nafaqa, masalan oyiga 100 ming so‘mdan hisoblasak, bu 20 milliondan oshadi. Real hayotda bunday odamdan uni undirib olish mushkul.

Lekin hech bo‘lmaganda bundan keyingi yillarga to‘lasa, bu ham katta gap bo‘ladi. Aks holda bu mas’uliyat oxiratga qoladi. Bu dunyoda bermasa ham, oxiratda albatta oldingizdan chiqadi. Chunki bu – berilishi lozim bo‘lgan haq.

Agar hozir sud orqali talab qilsangiz va eringiz rozi bo‘lib to‘lasa, bu bilan u oxiratda javobgarlikdan qutuladi. Ammo farzandlar voyaga yetmagan bo‘lsa va ular uchun hech narsa bermagan bo‘lsa, bu javobgarlik otaning bo‘ynida qoladi.

Bizning jamiyatda afsuski, erkaklar taloq qilgach, nafaqat ayolni, balki bolalarni ham mas’uliyatsizlik bilan “taloq qilayotgandek” yo‘ldan chiqib ketadilar. Bolalar esa onaning qaramog‘ida qiynalib o‘sadi.

Vijdon va iymon bu masalada muhim. Qiyomat kuni bu ishlarning hisob-kitobi bo‘ladi. Alloh musta’an – yordam beruvchi Zotdir.

Xulosa qilib aytganda, siz hozir sud orqali nafaqa talab qilishingiz mumkin. Shariat bunga qarshi emas. Agar eringiz bersa – nur ustiga nur. Bermasa, oxiratga qoladi. Ammo farzandlaringiz balog‘atga yetgan bo‘lsa, endi ular o‘z rizqini o‘zlari topishlari kerak bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025