Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Haj >Ehromdan chiqish uchun erkak va ayollar sochlarini qancha miqdorda qisqartiradilar?

Ehromdan chiqish uchun erkak va ayollar sochlarini qancha miqdorda qisqartiradilar?

Nashr sanasi: April 12, 2025

Savol :

Ustoz, umrani ado etgandan so‘ng ehromdan chiqishda erkaklar va ayollar sochlarini qancha qisqartirishlari kerak? Bu amal qanday kayfiyatda bajariladi? Ulamolar “sochning to‘rtdan bir qismini qisqartirish kerak” degan ekanlar. Sochi atigi 2 sm bo‘lgan erkak qanday qilishi lozim?

Ayol kishi sochini figuraga solib, old tomoni kalta, orqa tomoni esa uzun bo‘lsa, sochining hamma qismini qisqartirishi kerakmi yoki ularni yig‘ib uchidan olish kifoyami?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Urfda “sochini qisqartirdi” deyiladigan darajadagi amal shariatda maqbul sanaladi. To‘rtdan birini olish qat’iy shart emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala tafsiliy bo‘lib, shariatda aniq bir hajm yoki uzunlik belgilanmagan. Qur’onda “muḥalliqīn” va “muqaṣṣirīn” degan ifodalar keladi – ya’ni sochini butunlay qirib tashlaganlar yoki qisqartirganlar.

Qisqartirish deganda, urfda “sochini qisqartirdi” deyiladigan darajada, masalan quloq atroflarini, old yoki orqa qismini tozalab olish kifoya. Sochi 2 sm bo‘lgan erkak ham ushbu urfiy darajada ozgina qisqartirsa yetarli bo‘ladi.

Ba’zi ulamolar boshning to‘rtdan bir qismini qisqartirish kerak deganlar – bu ijtihodiy fikr. Shariatda bu shart qilib qo‘yilmagan. Urfda “qisqartirdi” degan nom olsa – kifoya.

Ayol kishiga esa – ulamolar umumiy holda har tomondan ozroq (bir barmoq uchi miqdorida) qisqartirishni tavsiya qilganlar. Hatto barcha sochini bir joyga yig‘ib, uchidan ozgina olsa ham bu amal qisqartirish hisoblanadi.

Muhimi, bu amal ehromdan chiqish niyatida, Alloh roziligi uchun ado etilishi va urfga binoan “qisqartirdi” deyiladigan darajada bajarilishi lozim.

Xulosa: Urfda “sochini qisqartirdi” deyiladigan darajadagi amal shariatda maqbul sanaladi. To‘rtdan birini olish qat’iy shart emas.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Ustozim uchun Umra qilsam bo‘ladimi?

    April 9, 2025
  • Mahram bo‘lgan ayollarni yolg‘iz safarga jo‘natish hukmi

    March 13, 2025
  • Ramazonda ko‘proq Umra qilish joizmi? Makkada uzoq qolgan holda Miqotga chiqish shartmi yoki Haram tashqarisiga chiqish kifoyami?

    February 11, 2025
  • Saudiya Isroilga yordam berayotgan bir vaqtda umra qilish joizmi?

    February 2, 2025
  • Makkadan kichkina tosh olib ketish mumkinmi?

    January 13, 2025